10-modda. Qonunni imzolash va eʼlon qilish
Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida (350-II-son) · Sana: 04.04.2002 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda eʼlon qilinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-y. 4-aprel,
350-II-son
