“Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (2311-III-son)
04.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat normalari qoʻllanilishiga koʻmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi 144-son konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-460-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-fevral,
2311-III-son
