“Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (2314-III-son)
04.02.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari N. Aytjanova, Z. Bekatova, M. Dadaxodjayeva va D. Fayziyeva tomonidan 2019-yil 16-yanvarda kiritilgan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi QL-459-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh mazkur qonun loyihasini Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqishning, shuningdek qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishni taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari S. OTAMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-fevral,
2314-III-son
