Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida (159-IV-son)
11.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi QL-609-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi QL-617-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
3. “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-631-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
4. “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-627-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
5. “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi QL-373-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida.
6. “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-556-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida.
7. “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-563-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi toʻgʻrisida.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini tuzish toʻgʻrisida.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 2020-yil 27 — 29-fevral kunlari oʻz saylov okruglarida oʻtkazilgan uchrashuvlari yakunlari toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-mart,
159-IV-son
