Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (748-son)
25.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, sanitariya jihatidan tozalash tizimi infratuzilmasini rivojlantirish, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, aholining sifatli sanitariya jihatidan tozalash xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 17-aprelda Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — OTB) Direktorlar kengashi tomonidan “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, 25 yil muddatga, 60,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish maʼqullanganligi;
loyihaning umumiy qiymati 112,0 mln AQSH dollari ekvivalentini, shundan Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi 52,0 mln AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida — 44,01 mln AQSH dollarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) mablagʻlari — 7,99 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 7 yil etib belgilanganligi (2020 — 2026-yillar) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Loyiha doirasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish maqsadida Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) orqali “Toza hudud” DUKlari va boshqa sanitar tozalash faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun 300 ta chiqindi tashuvchi texnika, 2 ta mobil laboratoriya, 6 mingta konteyner, elektr energiyasida harakatlanuvchi zamonaviy chiqindi tashuvchi hamda koʻchalarning tozaligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnika vositalari, shuningdek, mavjud chiqindi poligonlarini maqbullashtirish maqsadida Agentlik huzuridagi “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi uchun 13 ta tirkamali shatakka oluvchi maxsus texnika, 10 ta avtoyuklagich, 23 ta ekskavator va 10 ta buldozerlar yetkazib beriladi.
qoʻshimcha 4 mln nafar aholiga sanitariya tozalash xizmatlari koʻrsatiladi.
xarid qilinadigan chiqindi tashuvchi va maxsus texnikalar, chiqindi konteynerlari, mobil laboratoriyalar sanitar tozalash korxonalari talabnomasiga asosan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan davlat xaridlari jarayonlari yakunlari boʻyicha Agentlik tomonidan yetkazib beriladi.
3. Belgilansinki:
Ekologiya qoʻmitasi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, shuningdek OTBning qarzidan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish davrida OTBning qarzi boʻyicha foizlar va komissiyalar OTBning qarzi hisobidan toʻlanadi;
OTBning qarzini uzish va foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar benifitsiar sifatida Agentlikning loyiha doirasida lizingga berilgan maxsus texnika uchun tushgan mablagʻlar hisobidan Ekologiya qoʻmitasi orqali amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar “Toza hudud” DUKlar kesimidagi prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish natijasida respublika hududlarini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olishning maqsadli koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ekologiya qoʻmitasi:
loyiha doirasidagi tadbirlarning samarali amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va OTB talablariga muvofiq zarur hisobot hamda hujjatlarning tayyorlanishini va taqdim etilishini oʻz vaqtida tashkil etsin;
tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash parametrlariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazsin;
300 ta chiqindi tashuvchi texnika, 2 ta mobil laboratoriya, 13 ta tirkamali shatakka oluvchi maxsus texnika, 10 ta avtoyuklagich, 23 ta ekskavator va 10 ta buldozerlarni, 6 mingta chiqindi konteynerlari, shuningdek, Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) yigʻilishi xulosasiga asosan elektr energiyasida harakatlanuvchi zamonaviy chiqindi tashuvchi texnika, mobil qayta yuklash konteynerlari va ularni tashish uchun avtomashinalar, qattiq maishiy chiqindilarni tashish uchun elektr skuterlar, universal koʻcha va yoʻl supuruvchilar hamda assenizatorlarni xarid qilish maqsadida tender tanlovlarini oʻtkazishda shaffoflikni taʼminlash hisobidan ularning qiymatini maqbullashtirish choralarini koʻrsin.
loyihani amalga oshirish doirasida maxsus asbob-uskunalar va texnikalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinishiga (mahalliylashtirilgan mahsulotlar uchun) alohida eʼtibor qaratsin;
OTB qarz mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq 2025-yildan boshlab OTB qarz mablagʻlarini qaytarish va qarz boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar Ekologiya qoʻmitasida oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlasin;
Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda viloyatlar hokimlarining masʼul oʻrinbosarlari bilan birgalikda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish samaradorligini oshirish va OTBning 60,0 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻining oʻz muddatida qaytarilishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ekologiya qoʻmitasi huzurida loyihani boshqarish guruhini tashkil etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi OTB qarzidan samarali foydalanish va uning oʻz muddatida qaytarilishi uchun masʼul etib belgilansin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
loyiha doirasidagi tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish, uning natijadorligini taʼminlash, jalb etilayotgan mablagʻlarni oʻzlashtirish jarayonida oshkoralikni taʼminlash hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini;
loyiha doirasida maxsus texnika hamda uskunalarga uzluksiz texnik xizmat koʻrsatadigan servis markazlarini qurish uchun yer maydonlarining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, OTB hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan OTB bilan qarz bitimini va Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va OTB oʻrtasidagi qarz bitimiga;
loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qoʻmitasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar “Toza hudud” DUKlari bilan imzolangan OTB qarzini qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimga belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-noyabr,
748-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qaroriga 1-ILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan davlat xaridlari natijalari asosida batafsil belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qaroriga 2-ILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarishva foizlarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
* Mazkur davrda foizlarni OTB qarzi hisobiga kapitalizatsiya qilish nazarda tutilgan.
** Qarzni haqiqatda oʻzlashtirish sanalariga bogʻliq holda toʻlov summalariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qaroriga 3-ILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi boʻyicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish va foizlarni toʻlashning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar “Toza hudud” DUKlar kesimidagi
prognoz jadvali
* Mazkur davrda foizlarni OTB qarzi hisobiga kapitalizatsiya qilish nazarda tutilgan.
** Qarzni haqiqatda oʻzlashtirish sanalariga bogʻliq holda, toʻlov summalariga aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qaroriga 4-ILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”gaILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida 2020-2021-yillarda xarid qilinadigan maxsus texnika, chiqindi konteynerlari, sinov laboratoriyalari uchun jihozlar va mobil laboratoriyalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi
TAQSIMOT JADVALI
* Servis markazlarini tashkil etishga, birinchi navbatda, xususiy sektor autsorsing shartlarida jalb qilinadi. Bunda iqtisod qilingan qarz mablagʻlari loyihaning boshqa komponentlariga, jumladan, maxsus texnika va uskunalar xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 748-son qaroriga 5-ILOVA
“Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirish natijasida respublika hududlarini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olishning
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
