Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim boʻlgan normalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (751-son)
27.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim boʻlgan normalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-noyabr,
751-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-noyabrdagi 751-son qaroriga ILOVA
Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi taʼsiri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim boʻlgan normalar
Shikastlovchi omil Inson organizmida shikastlovchi omilga javoban yuzaga keladigan klinik-fiziologik reaksiyalar Qayd qilinuvchi fiziologik parametrlar Chiqish parametrlari normalari Elektr tokining impulsli chiqishi Elektr toki taʼsirida terining kuyishi (eritema, koagulyatsiya) Teri shikastlanishi ifodalanganlik darajasi Teriga yetkazilgan moʻtadil ifodalangan shikastlanish taʼsiri (terining II darajali kuyishi — terining keratin qatlamigacha shikastlanishi va seroz tarkibli kichik pufakchalar hosil boʻlishi) Yurak-qon tomir tizimi funksional holatining buzilishi Elektrokardiografiyada qayd etilgan yurak qisqarishlari ritmi Yurak ritmi va oʻtkazuvchanligi buzilishi mavjud emas Elektrokardiografiyada qayd etilgan yurak qisqarishlari soni Shikastlanish yetkazilgandan soʻng 10 daqiqadan oshmagan vaqt mobaynida yurak qisqarishlari sonida oʻzgarishlar mavjudligi Nafas olish tizimi funksional holatining buzilishi Nafas olish soni Shikastlanish yetkazilgandan soʻng 10 daqiqadan oshmagan vaqt mobaynida nafas olish sonida oʻzgarishlar mavjudligi Tutqanok sindromi Tutqanoq mavjudligi va tasnifi Shikastlanish yetkazilgandan soʻng 10 daqiqadan oshmagan vaqt mobaynida harakat faolligi va hissiy reaksiyada oʻzgarishlarning mavjudligi Odam organizmi funksional tizimlarining shikastlovchi omilga nisbatan yuzaga keluvchi klinik-fiziologik reaksiyasi Odam organizmi shikastlanish maydoni va chuqurligi darajasi indeksi Shikastlovchi omil natijadorligi tasnifi boʻyicha 15 balldan oshmasligi — nafas olish aʼzolarining nafas olish yetishmovchiligisiz kuyishi Elektr toki kuchlanishi darajasining minimal va maksimal miqdori Elektroshok qurilmalari uchqun chiqarish zaryadi maksimal kuchlanishi 90 kV
