6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Milliy gvardiya fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan, uning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oshkor qilish huquqiga ega emas.
