14-modda. Milliy gvardiya hayʼati
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida (O‘RQ-647-son) · Sana: 18.11.2020 · Amalda
Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qoʻmondoni, uning oʻrinbosarlari, markaziy devoni boʻlinmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Milliy gvardiya hayʼati maslahat organi boʻlib, u qonunchilik hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining, Milliy gvardiya qoʻmondoni buyruqlari va koʻrsatmalarining ijro etilishi holatiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga taalluqli masalalarni hamda Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
