“Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (124-II-son)
31.08.2000
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 2001-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
124-II-son
