Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4898-son)
25.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2020-yil 17-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) bilan 100 mln AQSH dollari miqdorida hamda 2020-yil 28-mayda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi oʻrinlarda — Bank) bilan 82 mln AQSH dollari miqdorida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) boʻyicha 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga qarz (kredit) bitimlari imzolangani;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 1,6 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni tashkil etayotganligi;
loyiha Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida amalga oshirilishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2020 — 2024-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Uyushma va Bank kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar loyiha boʻyicha imzolangan qarz (kredit) bitimlarida koʻrsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;
loyihani amalga oshirish doirasida Uyushma va Bank kreditlarini qaytarish, shuningdek, ular boʻyicha hisoblangan foizlar, xizmat koʻrsatganlik uchun haq va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Quyidagilar:
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kreditlarining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarish prognoz jadvali 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, qonunchilikka muvofiq xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida:
agarda ushbu loyihalar xalqaro va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari tomonidan 2020-yil 1-iyulga qadar maʼqullangan boʻlsa, yuridik shaxslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinmaydi;
mazkur qarz mablagʻlari hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar bojxona boji toʻlashdan ozod etiladi;
ushbu imtiyozlar natijasida iqtisod qilingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.J. Ortiqov) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R.T. Mamatov) bilan birgalikda loyiha doirasida aholi orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqishda doimiy oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
6. Belgilansinki, loyiha doirasida:
har bir viloyat boʻyicha qishloqlar aniqlangandan soʻng, har bir viloyatning tegishli subloyihalar boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlari yuzasidan belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy hisoblari ishlab chiqiladi va ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi;
Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish guruhi bilan “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik kelishuvlari imzolanadi.
7. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatga qoʻyilishi va muddati uzaytirilishini tez fursatlarda taʼminlasin.
8. Hisob palatasi (B.T. Turabov) loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
9. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov:
bir hafta muddatda masʼul ijrochilar ishtirokida majlis oʻtkazib, ularning aniq vazifalarini belgilab bersin;
ikki hafta muddatda Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha hududlar kesimida “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqsin hamda xalq deputatlari viloyatlar va tumanlar Kengashlarida tasdiqlanishini taʼminlasin;
tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda loyihani amalga oshirishga masʼul boʻlgan mutaxassislar malakasini oshirish uchun xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda oʻquv-treninglar tashkil qilsin;
moliyalashtirilgan subloyihalar toʻgʻrisida, shuningdek, ularning sifatli amalga oshirilishi ustidan monitoring natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritib borsin;
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhining tuzilmasini tasdiqlasin va faoliyatini yoʻlga qoʻysin;
tijorat bankida alohida hisobvaraqlariga ega boʻlgan loyihani amalga oshirish boʻyicha bosh guruhni Toshkent shahrida, shuningdek, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari uchun Namangan shahrida va Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlari uchun Jizzax shahrida loyihani amalga oshirish boʻyicha hududlararo guruhlarni tashkil etsin;
loyihani amalga oshirish davrida loyihani amalga oshirish guruhini moliyalashtirish boʻyicha xarajatlarni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorovga Jahon bankining ijtimoiy va ekologik himoyalash hamda koʻchirish siyosati tamoyillarini hisobga olgan holda loyiha komponentlarini amalga oshirish va moliyalashtirish jadvaliga hamda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin;
b) Fargʻona (X.X. Bozarov), Andijon (Sh.K. Abduraxmanov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov), Sirdaryo (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) va Jizzax (E.A. Saliyev) viloyatlari hokimliklari loyihani toʻla-toʻkis amalga oshirish uchun barcha zarur hujjatlar sifatli ishlab chiqilishini va loyihani amalga oshirish guruhlariga oʻz vaqtida yetkazilishini belgilangan tartibda taʼminlasinlar.
11. Fargʻona (X.X. Bozarov), Andijon (Sh.K. Abduraxmanov), Namangan (Sh.Sh. Abdurazakov), Sirdaryo (Gʻ.Gʻ. Mirzayev) va Jizzax (E.A. Saliyev) viloyatlari hokimliklari qishloqlarni kompleks rivojlantirish uchun loyiha doirasida moliyalashtiriladigan obyektlardan tashqari amalga oshiriladigan tadbirlarni batafsil rejalashtirish loyihalari asosida mahalliy budjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshirsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-noyabr,
PQ-4898-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
parametrlari
(mln AQSH dollari)
Loyiha komponentlari Uyushma Bank Oʻzbekiston Respublikasi Jami 1-komponent: asosiy infratuzilma va xizmatlarga qaratilgan talablarga asoslangan investitsiyalar, mahalliy boshqaruv salohiyatini qoʻllab-quvvatlash 93,7 82,0 — 175,7 1a-kichik komponent: asosiy infratuzilma va xizmatlarga qaratilgan talablarga asoslangan investitsiyalar 82,0 82,0 — 164,0 1b-kichik komponent: mahalliy boshqaruv salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, kommunikatsiya va jamoatchilik bilan ishlash, fuqarolarni jalb etish 11,7 — — 11,7 2-komponent: loyihani boshqarish, monitoring va baholash hamda salohiyatni oshirish 6,3 — 1,6 7,9 Jami 100,0 82,0 1,6 183,6
Tumanlar boʻyicha 1a-kichik komponentning moliyalashtirilishi
T/r Viloyat nomi Tuman nomi Loyiha doirasida MFYlar (soni) Aholi soni (kishi) Moliyalashtirish miqdori (AQSH dollari) 1. Andijon viloyati Boʻston tumani 5 13678 1684015 2. Andijon viloyati Buloqboshi tumani 13 69611 8570402 3. Andijon viloyati Paxtaobod tumani 31 118164 14548175 4. Andijon viloyati Ulugʻnor tumani 3 10733 1321431 5. Andijon viloyati Marhamat tumani 20 85663 10546700 6. Fargʻona viloyati Furqat tumani 11 53986 6646675 7. Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani 26 127930 15750550 8. Fargʻona viloyati Soʻx tumani 9 34272 4219517 9. Fargʻona viloyati Yozyovon tumani 11 42630 5248542 10. Namangan viloyati Chortoq tumani 19 77978 9600535 11. Namangan viloyati Chust tumani 26 120373 14820143 12. Namangan viloyati Pop tumani 36 138646 17069888 13. Namangan viloyati Mingbuloq tumani 16 54861 6754404 14. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani 35 147649 18178324 15. Jizzax viloyati Baxmal tumani 9 61049 7516261 16. Jizzax viloyati Zomin tumani 12 82983 10216743 17. Jizzax viloyati Forish tumani 6 17163 2113083 18. Jizzax viloyati Yangiobod tumani 1 1687 207701 19. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 12 54795 6746278 20. Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 1 2904 357536 21. Sirdaryo viloyati Xovos tumani 4 15295 1883097 Jami 306 1332050 164000000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga 2-ILOVA
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarishning prognoz
JADVALI
Kredit umumiy qiymati — 100 mln AQSH doll. Kredit muddati — 30 yil Imtiyozli muddat — 5 yil Xizmat koʻrsatganlik uchun haq — yillik 0,75% + bazis oʻzgaruvchi* Foiz stavkasi — yillik 1,25%+bazis oʻzgaruvchi** Majburiyat uchun toʻlov — 0,5%
Toʻlov sanasi Oʻzlashtirish Kredit qoldigʻi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Xizmat koʻrsatganlik uchun haq Foiz Majburiyat uchun toʻlov Jami toʻlanadigan summa 28.02.2020 - - - - - - - 15.11.2020 10 000 10 000 - - - 108 108 15.05.2021 10 000 20 000 - 71 68 223 363 15.11.2021 10 000 30 000 - 145 139 202 486 15.05.2022 10 000 40 000 - 214 205 174 593 15.11.2022 10 000 50 000 - 290 278 151 720 15.05.2023 10 000 60 000 - 357 342 124 823 15.11.2023 10 000 70 000 - 436 417 101 954 15.05.2024 30 000 100 000 - 503 482 75 1 059 15.11.2024 - 98 350 1 650 726 696 - 3 072 15.05.2025 - 96 700 1 650 702 673 - 3 025 15.11.2025 - 95 050 1 650 702 673 - 3 025 15.05.2026 - 93 400 1 650 679 650 - 2 979 15.11.2026 - 91 750 1 650 678 650 - 2 978 15.11.2027 - 90 100 1 650 655 628 - 2 933 15.05.2027 - 88 450 1 650 654 627 - 2 931 15.11.2028 - 86 800 1 650 635 609 - 2 894 15.05.2028 - 85 150 1 650 630 604 - 2 884 15.11.2029 - 83 500 1 650 608 583 - 2 841 15.05.2029 - 81 850 1 650 606 581 - 2 837 15.11.2030 - 80 200 1 650 584 560 - 2 795 15.11.2030 - 78 550 1 650 582 558 - 2 790 15.05.2031 - 76 900 1 650 561 538 - 2 748 15.11.2031 - 75 250 1 650 558 535 - 2 743 15.05.2032 - 73 600 1 650 540 518 - 2 708 15.11.2032 - 71 950 1 650 534 512 - 2 696 15.05.2033 - 70 300 1 650 514 492 - 2 656 15.11.2033 - 68 650 1 650 510 489 - 2 649 15.05.2034 - 67 000 1 650 490 470 - 2 610 15.11.2034 - 65 350 1 650 486 466 - 2 602 15.05.2035 - 63 700 1 650 467 447 - 2 564 15.11.2035 - 62 050 1 650 462 443 - 2 556 15.05.2036 - 60 400 1 650 446 427 - 2 523 15.11.2036 - 58 750 1 650 438 420 - 2 509 15.05.2037 57 100 1 650 420 402 - 2 472 15.11.2037 - 55 450 1 650 414 397 - 2 462 15.05.2038 - 53 800 1 650 396 379 - 2 425 15.11.2038 - 52 150 1 650 391 374 - 2 415 15.05.2039 - 50 500 1 650 372 357 - 2 379 15.11.2039 - 48 850 1 650 367 351 - 2 368 15.05.2040 - 47 200 1 650 351 336 - 2 337 15.11.2040 - 45 550 1 650 343 328 - 2 321 15.05.2041 - 43 900 1 650 325 312 - 2 287 15.11.2041 - 42 250 1 650 319 305 - 2 274 15.05.2042 - 40 600 1 650 302 289 - 2 241 15.11.2042 - 38 950 1 650 295 282 - 2 227 15.05.2043 - 37 300 1 650 278 267 - 2 195 15.11.2043 - 35 650 1 650 271 259 - 2 180 15.05.2044 - 34 000 1 650 256 245 - 2 151 15.11.2044 - 30 600 3 400 247 237 - 3 883 15.05.2045 - 27 200 3 400 219 209 - 3 828 15.11.2045 - 23 800 3 400 197 189 - 3 787 15.05.2046 - 20 400 3 400 170 163 - 3 733 15.11.2046 - 17 000 3 400 148 142 - 3 690 15.05.2047 - 13 600 3 400 121 116 - 3 638 15.11.2047 - 10 200 3 400 99 95 - 3 593 15.05.2048 - 6 800 3 400 73 70 - 3 543 15.11.2048 - 3 400 3 400 49 47 - 3 497 15.05.2049 - 0 3 400 24 23 - 3 448 Jami 100 000 - 100 000 22 912 21 957 1 158 146 027
Izoh:
* 2020-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra xizmat koʻrsatganlik uchun bazis oʻzgaruvchi qiymati 0,69% deb qabul qilingan.
** 2020-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra foiz toʻlovi uchun bazis oʻzgaruvchi qiymati 0,13% deb qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga 3-ILOVA
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kreditining asosiy qarzini, unga hisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni qaytarishning prognoz
JADVALI
Kredit umumiy qiymati — 82 mln AQSH doll. Kredit muddati — 30 yil Imtiyozli muddat — 5 yil Foiz stavkasi — 6 oylik LIBOR + 1,3% Majburiyat uchun toʻlov — 0,50% Oldindan bir martalik toʻlov — 0,25%
Toʻlov sanasi Oʻzlashtirish Kredit qoldigʻi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar summasi Oldindan bir martalik toʻlov** Foiz* Majburiyat uchun toʻlov Jami toʻlanadigan summa 28.08.2020 - - - 205 - - 205 15.11.2020 10 250 10 250 - - - 89 89 15.05.2021 10 250 20 500 - - 168 178 346 15.11.2021 10 250 30 750 - - 341 155 496 15.05.2022 10 250 41 000 - - 503 127 630 15.11.2022 10 250 51 250 - - 682 103 785 15.05.2023 10 250 61 500 - - 839 76 915 15.11.2023 10 250 71 750 - - 1 023 52 1 075 15.05.2024 10 250 82 000 - - 1 181 26 1 206 15.11.2024 - 82 000 - - 1 364 - 1 364 15.05.2025 - 80 360 1 640 - 1 342 - 2 982 15.11.2025 - 78 720 1 640 - 1 337 - 2 977 15.05.2026 - 77 080 1 640 - 1 288 - 2 928 15.11.2026 - 75 440 1 640 - 1 282 - 2 922 15.05.2027 - 73 800 1 640 - 1 235 - 2 875 15.11.2027 - 51 250 1 640 - 1 228 - 2 868 15.05.2028 - 61 500 1 640 - 1 187 - 2 827 15.11.2028 - 71 750 1 640 - 1 173 - 2 813 15.05.2029 - 82 000 1 640 - 1 127 - 2 767 15.11.2029 - 82 000 1 640 - 1 119 - 2 759 15.05.2030 - 80 360 1 640 - 1 074 - 2 714 15.11.2030 - 78 720 1 640 - 1 064 - 2 704 15.05.2031 - 77 080 1 640 - 1 020 - 2 660 15.11.2031 - 75 440 1 640 - 1 009 - 2 649 15.05.2032 - 73 800 1 640 - 971 - 2 611 15.11.2032 - 72 160 1 640 - 955 - 2 595 15.05.2033 - 54 120 1 640 - 912 - 2 552 15.11.2033 - 52 480 1 640 - 900 - 2 540 15.05.2034 - 50 840 1 640 - 859 - 2 499 15.11.2034 - 49 200 1 640 - 846 - 2 486 15.05.2035 - 47 560 1 640 - 805 - 2 445 15.11.2035 - 45 920 1 640 - 791 - 2 431 15.05.2036 - 44 280 1 640 - 756 - 2 396 15.11.2036 - 42 640 1 640 - 737 - 2 377 15.05.2037 - 41 000 1 640 - 698 - 2 338 15.11.2037 - 39 360 1 640 - 682 - 2 322 15.05.2038 - 37 720 1 640 - 644 - 2 284 15.11.2038 - 36 080 1 640 - 627 - 2 267 15.05.2039 - 34 440 1 640 - 590 - 2 230 15.11.2039 - 32 800 1 640 - 573 - 2 213 15.05.2040 - 31 160 1 640 - 540 - 2 180 15.11.2040 - 24 600 1 640 - 518 - 2 158 15.05.2041 - 22 960 1 640 - 483 - 2 123 15.11.2041 - 21 320 1 640 - 464 - 2 104 15.05.2042 - 19 680 1 640 - 429 - 2 069 15.11.2042 - 18 040 1 640 - 409 - 2 049 15.05.2043 - 16 400 1 640 - 376 - 2 016 15.11.2043 - 54 120 1 640 - 355 - 1 995 15.05.2044 - 52 480 1 640 - 324 - 1 964 15.11.2044 - 50 840 1 640 - 300 - 1 940 15.05.2045 - 14 760 1 640 - 268 - 1 908 15.11.2045 - 13 120 1 640 - 246 - 1 886 15.05.2046 - 11 480 1 640 - 215 - 1 855 15.11.2046 - 9 840 1 640 - 191 - 1 831 15.05.2047 - 8 200 1 640 - 161 - 1 801 15.11.2047 - 6 560 1 640 - 136 - 1 776 15.05.2048 - 4 920 1 640 - 108 - 1 748 15.11.2048 - 3 280 1 640 - 82 - 1 722 15.05.2049 - 1 640 1 640 - 54 - 1 694 15.11.2049 - 0 1 640 - 27 - 1 667 Jami 82000 - 82 000 205 40 591 806 123 628- -
Izoh:
* 2020-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra 6 oylik LIBOR qiymati 2,2% deb qabul qilingan va yillik foiz stavkasi 3,5 % hisoblangan.
**oldindan bir martalik toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga qoplanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga 4-ILOVA
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida mablagʻlardan foydalanish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlar nomi Kredit summasi (ming doll.) Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1-KOMPONENT: qishloqlar infratuzilmasini rivojlantirish (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) 1. 1a-kichik komponent: asosiy infratuzilma va xizmatlarga qaratilgan talablarga asoslangan investitsiyalar. Loyiha doirasida: 1. 622 ta obyekt (301 ta umumtaʼlim maktabi, 240 ta maktabgacha taʼlim va 81 ta tibbiy muassasa) taʼmirlanadi. 2. 1642 km toza ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanadi va yangilari barpo etiladi. Bundan tashqari, 306 ta suv inshootlari taʼmirlanadi va yangilari quriladi. 3. 1174 km elektr taʼminoti tarmoqlari taʼmirlanadi, 1116 dona transformatorlar hamda 33231 ta tayanch ustunlari yangilariga almashtiriladi. 4. 4,1 ming km ichki yoʻllar taʼmirlanadi. 164 000 1. Loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan tuman hokimliklari bilan birgalikda mahallalarni oʻrganish, belgilangan mezonlar asosida rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan qishloqlar (306 ta)ni tanlash. 2. Qishloqlarning bosh rejalarini loyihalashtirish va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish. 3. Qishloqlarda aholi fikrini oʻrgangan holda, ularni rivojlantirish dasturlarining manzilli roʻyxatini ishlab chiqish. 4. Viloyat hokimliklarining Yagona buyurtmachi xizmat injiniring kompaniyalarini texnik buyurtmachi vazifasini bajarishga jalb qilish. 5. Dolzarb infratuzilma obyektlari (aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash, elektr va gaz taʼminoti loyihalari, boshlangʻich va oʻrta maktablar, maktabgacha taʼlim tashkiloti binolari)ni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash. 6. Loyihalashtirish ishlariga loyiha institutlarini jalb qilish uchun tender savdolari tashkillashtirish va gʻoliblar bilan loyihalashtirish ishlari boʻyicha shartnomalar tuzish. 7. Loyiha doirasida tanlab olingan qishloqlar (ovullar) topogeodeziya xaritalari, muhandislik-geologiya qidiruv ishlari, bosh rejalarini, arxitektura-rejalashtirish. 8. Ular tarkibida batafsil rejalashtirish loyihalarini va yondosh mahallalarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish. 9. Qurilish-montaj ishlari tugagandan soʻng obyektlarni qabul qilish uchun ishchi Davlat qabul komissiyalarini tashkil etish. Sub-loyihalarni davomiyligini taʼminlash uchun kollektiv ekspluatatsiya va texnik xizmat mexanizmlarni ishlab chiqish hamda obyektni balansda saqlovchiga topshirish va yuridik huquqlarni rasmiylashtirish. 10. Sub-loyihalar tegishli loyiha hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlash. 2021 — 2024-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (O. Rustamov), Qurilish vazirligi (E. Iskandarov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (A. Ikramov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev), Andijon, Namangan, Fargʻona, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ 2. 1b-kichik komponent: mahalliy boshqaruv salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, kommunikatsiya va jamoatchilik bilan ishlash, fuqarolarni jalb etish. Bunda: 1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda har bir shartnoma boʻyicha 24 oy muddatda qishloqlarda amalga oshiriladigan ishlar jamoatchilik fikri asosida oʻrganiladi. 2. Toza ichimlik suv taʼminoti boʻlmagan qishloqlarda xorijiy va xalqaro ekspertlardan iborat guruh tomonidan 3 yil (36 oy 310 kishi) davomida xizmat koʻrsatiladi. 3. Mahalliy boshqaruv va oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari hamda loyihaga aloqador boshqa idoralar mutaxassislari uchun 4 yil davomida ishlab chiqiladigan grafiklarga koʻra doimiy asosda malaka oshirish treninglari olib boriladi. 11 700 1. Manzilli dasturlarni shakllantirishda ochiqlik, tamoyillarini taʼminlash. 2. Jamoatchilik tashkilotlaridan iborat ekspertlar guruhi bilan har bir qishloqda soʻrovnomalar, uchrashuvlar, seminarlar va oʻquv-treninglar oʻtkazish. 3. Davlat organlari, hokimliklar va loyihaga aloqador tashkilotlar (injiniring kompaniyalar va boshqalar) salohiyatini oshirish boʻyicha doimiy oʻquv treninglari oʻtkazish. 4. Toshkent shahrida, Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida Loyihaga aloqador vazirliklar va tashkilotlar hamda mahalliy hokimlik vakillariga loyiha boʻyicha taqdimotlar oʻtkazish. 2021 — 2024-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Z. Oʻrakov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G. Shukurova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Toshpoʻlatov), Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyat hokimliklari 2-KOMPONENT: loyihani boshqarish, monitoring va baholash hamda salohiyatni oshirish (masʼul: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) 3. Loyihani boshqarish, monitoring va baholash hamda salohiyatni oshirish. Fargʻona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariningiqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdan nisbatan ortda qolayotgan 21 ta tumanida loyiha doirasida ishlar tashkil etiladi. Qishloqlarda ishlarning sifatli tashkil etilishi, loyihaning samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli ishlar olib boriladi. 7 900 1. Loyiha doirasida tadbirlarni muvofiqlashtirish va chora-tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash. 2. Konsalting xizmatlari uchun texnik vazifani ishlab chiqish va konsalting xizmatlari koʻrsatish uchun tender savdolarida ishtirok etish toʻgʻrisida OAV va internet tarmoqlarida eʼlon berish. 3. Tender gʻolib kompaniyasi (nodavlat notijorat tashkilotlari) bilan shartnoma tuzish va texnik vazifadagi ishlarni amalga oshirish hamda qabul qilish. 4. Loyiha doirasida koʻzda tutilgan hisobotlarni doimiy ravishda tayyorlash va tegishli idoralarga hamda Jahon bankiga taqdim etib borish. 5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga loyihani amalga oshirish jarayoni toʻgʻrisida axborotlarni kiritib borish. 2021 — 2024-yillar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Z. Oʻrakov), Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G. Shukurova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (F. Dadaxonov)
