11-modda. Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida (O‘RQ-649-son) · Sana: 24.11.2020 · Amalda
Genom boʻyicha davlat roʻyxatiga olish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi):
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotga ishlov berish choralarini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarga va sudga odamning shaxsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish va (yoki) biologik qarindoshlikni aniqlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;
genomga oid axborotning but saqlanishi va oshkor etilmasligini taʼminlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq Genomga oid axborotning yagona maʼlumotlar bazasida saqlanayotgan genomga oid axborotni muhofaza qilish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni amalga oshiradi.
