Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlar natijalari yuzasidan hisobotlarning mazmuni va tuzilishiga boʻlgan umumiy talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (518-1-son)
24.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 518-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-apreldagi 315-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi tomonidan 1998-yil 26-sentabrda tasdiqlangan Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlar natijalari yuzasidan hisobotlarning mazmuni va tuzilishiga boʻlgan umumiy talablar toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 518, 1998-yil 3-noyabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining raisi B. F. ISLOMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-noyabr,
11-son
