Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida (737-son)
20.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son va “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini taʼminlash mexanizmini tubdan takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi (keyingi oʻrinlarda — tajriba loyihasi) doirasida:
markirovkalangan sigaret qutisi muvaffaqiyatli ishlab chiqilganligi, shuningdek, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarini maxsus server uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash va ularni korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiya qilish orqali tamaki mahsulotlarini kuzatib borish mexanizmi ishga tushirilganligi;
alkogol mahsulotlari uchun sinov tariqasida markirovkalangan yorliqlar ishlab chiqilganligi, markirovkalash axborot tizimining tarkibiy qismlari oʻrnatilganligi hamda maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Quyidagilar:
Identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
2020-yil 10-dekabrga qadar alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
2021-yil 30-dekabrga qadar tajriba loyihasi yakunlariga koʻra boshqa tovarlarni markirovkalash va kuzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi hamda chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga, shu jumladan, marketpleyslarga mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklanadi.
Bunda ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda chakana tarzda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga mazkur mahsulotlarni faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
agregatsiyalangan import kodi boʻyicha maʼlumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunda markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlariga identifikatsiya vositalarini bojxona ombori hududida yelimlash talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
markirovkalanmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida vakolatli organlarni real vaqt rejimida xabardor qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy mahsulotlar hamda mobil ilovalar joriy etiladi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasining ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi, chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shu jumladan, marketpleyslar) tomonidan ushbu mahsulotlar realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq- fakturalarda va nazorat-kassa texnikalari cheklarida tegishli (raqamli markirovkalanadigan) mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlarini tanlanishi talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar vositachilik va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida markirovka kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettirish majburiyati komissioner zimmasiga yuklanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga:
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish va ularni joriy qilish muddatlarini belgilash;
raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar roʻyxatini kengaytirish maqsadida mahsulotlarni markirovkalash boʻyicha ixtiyoriy eksperimentlarni amalga oshirish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilsin.
Quyidagilar “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mahsulot aylanmasi yuzasidan barcha bosqichlarni roʻyxatdan oʻtkazish orqali identifikatsiya vositalari yordamida markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;
maʼlumotlarni saqlash, olish, oʻtkazish, tarqatish, qayta ishlash, nashr etish, foydalanish va “Asl belgisi” MAT egasi yoki u tomonidan jalb qilingan shaxsning boshqa harakatlariga hamda mazkur maʼlumotlarni himoyalash rejimiga nisbatan Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda talablar belgilash orqali saqlanadigan maʼlumotlarning cheklanganligini taʼminlash.
8. Quyidagilar:
“Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk obyekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli boʻlganda taraflar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkinligi;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 57-bandiga muvofiq mazkur mezon davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq boʻlmagan huquqlarni ham oʻz ichiga olishi mumkinligi inobatga olinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi, Loyiha baholash hujjati (LBH), bitim loyihasini ishlab chiqish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsin;
alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash yuzasidan joriy qilingan tajriba loyihasi natijalarini hisobga olgan holda “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish, undan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun “CRPT TURON” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — “Asl belgisi” MAT operatori) bilan birgalikda ikki hafta muddatda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzsin.
10. “Asl belgisi” MAT operatoriga quyidagi vazifalar yuklansin:
davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish va uni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali yoʻlga qoʻyish;
“Asl belgisi” MATda saqlanadigan maʼlumotlardan ularni himoya qilish talablarini hisobga olgan holda foydalanish imkoniyatini yaratish;
Soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi quvvatlari asosida “Asl belgisi” MAT ishlashi uchun zarur boʻlgan zaxira server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarning “Asl belgisi” MAT operatori mablagʻlari hisobidan oʻrnatilishini taʼminlash;
Bunda “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan tegishli asbob-uskunalarni ekspluatatsiyasi uchun har oylik toʻlovlar Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasiga toʻliq yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda markirovka kodlarini taqdim etish.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi 2020-yil 10-dekabrga qadar:
“Asl belgisi” MATga texnik xizmat koʻrsatish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish uchun yagona toʻlov (tarif) miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va “Asl belgisi” MAT operatori bilan birgalikda:
uch kun muddatda hududlarda raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan oʻqitish dasturini va reja-jadvalni tasdiqlasin;
2021-yil 1-yanvarga qadar hududlarga chiqqan holda davlat soliq va bojxona xizmati organlari, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha tadbirkorlik subyektlari masʼul xodimlarining raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan oʻqitilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-noyabr,
737-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga 1-ILOVA
Identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/rMahsulotning nomiTIF TN kodiMajburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana*1.Sigaretlar2402 20 900 02021-yil 1-yanvar1.1Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar.2402 10 000 02402 20 100 02402 90 000 02403 11 000 02403 19 100 02403 19 900 02403 91 000 02403 99 100 02403 99 900 22403 99 900 82404 11 000 12404 11 000 92404 12 000 02404 19 000 12404 19 000 92404 91 000 22404 91 000 92022-yil 1-oktabr2.Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari)2204, 2205, 2206, 2207, 22082021-yil 1-yanvar3.Pivo mahsulotlari22032021-yil 1-aprel4.Maishiy texnika8508110000, 8508190001,8508190009, 8450111100,8450111900, 8450119000,8450120000, 8450190000,8450200000, 8418102001,8418102009, 8418108001,8418108009, 8418211000,8418215100, 8418215900,8418219100, 8418219900,8418290000, 8418302001,8418308001, 8418402001,8418408001, 8528491000,8528498002, 8528498008,8528591000, 8528599000,8528722001, 8528722009,8528723001, 8528723002,8528723003, 8528723009,8528724000, 8528726000,7321111000, 7321119000,8414600000, 8516601010,8516601090, 8516605000,8516607000, 8516608000,8516609000, 8516101100,8516310000, 8516400000,8516500000, 8403109000,8415101000, 8415109000,8415810010, 8415810090,8415820000, 8509400000,8539100009, 8539500000,8540810000, 85408900002022-yil 15-aprel5.Dori vositalari va tibbiy buyumlar3003, 30042022-yil 1-sentabr6.Suv va salqin ichimliklar2009, 2201, 22022024-yil 1-mart7.Mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari2814 20 000 0 dan2827 10 000 0 dan2834 29 800 0 dan3101 dan3102 dan2510 20 000 0dan2835 25 000 0 dan2835 26 000 0 dan3103 dan2827 39 850 0 dan2833 29 800 0 dan3104 dan2834 21 000 0 dan2835 24 000 0 dan3105 dan 2810 00 dan2827 dan2833 dan2840 dan2841 70 000 0 dan2903 39 110 038083808 52 000 03808 59 0003808 59 000 13808 59 000 23808 59 000 33808 59 000 43808 59 000 53808 59 000 83808 59 000 93808 61 0003808 61 000 13808 61 000 23808 61 000 33808 62 0003808 62 000 13808 62 000 23808 62 000 33808 69 0003808 69 000 13808 69 000 23808 69 000 33808 913808 91 100 03808 91 200 03808 91 300 03808 91 400 03808 91 900 03808 923808 92 100 03808 92 200 03808 92 300 03808 92 400 03808 92 500 03808 92 600 03808 92 900 03808 933808 93 110 03808 93 130 03808 93 150 03808 93 170 03808 93 210 03808 93 230 03808 93 270 03808 93 300 03808 93 900 03808 993808 99 100 03808 99 900 02026-yil 1-may8.Elektr akkumulyatorlar, shu jumladan, ular uchun separatorlar, toʻgʻriburchak (shu jumladan, kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar85072026-yil 1-yanvar
* Majburiy raqamli markirovkalash boʻyicha talab 6 oydan kam boʻlmagan muddat mobaynida amalga oshiriladigan tajriba loyihasi yakunlari asosida joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga 2-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Chora-tadbirning nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddati Masʼul ijrochilar 1. Ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida joʻnatilishini nazorat qilish maqsadida isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash. 1. Isteʼmol va texnik etil spirtini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini, shu jumladan ruxsatsiz quyishning oldini olish maqsadida raqamlangan noyob himoyalash tamgʻalarini joylashtirish yuzasidan texnik reglamentga oʻzgartirishlar kiritish. 2. Uskunalarga, tashish qoidalariga, masofadan boshqarishga va videokuzatuvga, masʼul idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalash va boshqa talablarni koʻrsatgan holda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibini ishlab chiqish. 3. Avtomatlashtirilgan oʻlchash moslamalarini, texnik reglamentlarda hamda isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibida koʻrsatilgan boshqa maxsus moslamalarni oʻrnatish. 4. Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar axborot bazasi bilan integratsiyalash. 2021-yil 15-yanvar 2021-yil 15-mart 2021-yil 1-iyul 2021-yil 1-avgust Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) (R. Boboyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2. Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan oʻlchash moslamalarini majburiy ravishda oʻrnatish nuqtai nazaridan litsenziyalash talablarini kuchaytirish. 1. Hisobga olish moslamalari oʻrnatilishini belgilaydigan talablarni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Hisobga olish moslamalariga talablarni belgilashni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishish. 3. Isteʼmol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda litsenziya shartnomalari yangilanishini taʼminlash. 2021-yil 15-yanvar 2021-yil 1-iyul 2021-yil 1-avgust Agentlik (R. Boboyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 3. Tayyor alkogol mahsulotlarini majburiy agregatsiyalash tizimini joriy etish. 1. Tayyor alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash yuzasidan ixtisoslashtirilgan aplikatorlarga texnik talablarni ishlab chiqish. 2. Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ixtisoslashtirilgan aplikatorlarni oʻrnatish. 3. Alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash jarayonini yoʻlga qoʻyish. 2021-yil 1-fevral 2021-yil 15-mart 2021-yil 1-aprel Agentlik (R. Boboyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 4. Chakana va ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishining ishonchliligini tekshirish yuzasidan talablarni belgilash. Chakana va ulgurji savdo qoidalariga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2021-yil 1-fevral Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 5. Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash va ishlab chiqarish liniyalarini hisobga olish moslamalari hamda boshqa moslamalar bilan jihozlash talablari buzilganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash. Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash, muomalaga kiritish, muomalada aylanishi va ularning muomaladan chiqarilishi yuzasidan belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda mazkur huquqbuzarlik sodir etganlik uchun markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni sotishdan oldingi chorakda olingan tushumning yuz foizigacha miqdorda moliyaviy jarima hamda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqorining ikki yuz baravarigacha jarima solishni nazarda tutish. 2021-yil 15-yanvar Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorovga zarur hollarda “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan topshiriqlarni amalga oshirish muddati hamda masʼul ijrochilariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
