Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash toʻgʻrisida (O‘RQ-648-son)
23.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 10-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 20-noyabrda maʼqullangan
1-modda. 11-noyabr Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-noyabr,
OʻRQ-648-son
