Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (739-son)
21.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan soʻng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim-tarbiya oladigan muddatda toʻliq davlat taʼminotida boʻlishi;
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlanishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar taʼlim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat taʼlim muassasalari faoliyatini moliyaviy taʼminlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi;
toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish toʻlovidan iborat boʻladi. Bunda taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga pul nafaqalari 2026-yil 1-dekabrga qadar naqd pul shaklida yoki bank kartalari, shu jumladan ijtimoiy karta orqali, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab esa faqat ijtimoiy karta orqali toʻlanadi;
davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba) ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.
21. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan bitiruv nafaqasi oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishdan chetlashtirilgan (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi bundan mustasno) talabalarga ham ular mehnat shartnomasi asosida oʻzlarining bandligini taʼminlagan hamda uch oylik ish haqi olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganda beriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular oʻqishdan chetlatilgan taʼlim muassasasi tomonidan beriladi.
3. Quyidagilar:
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-noyabr,
739-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar hamda oliy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
2. Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishga qabul qilingan kundan boshlab oʻqishni tamomlagunga qadar toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
3. Ushbu Nizom:
a) quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga qabul qilingan, ushbu muassasalarni tamomlab taʼlim muassasalarida, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga;
taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan davrida yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlib qolgan hamda homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmaganligi sababli toʻliq davlat taʼminotiga olingan bolalarga (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchi (talaba);
b) quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga;
vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;
oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlim yoʻnalishi, taʼlimning sirtqi shaklida taʼlim olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi boʻyicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili oʻqishga qabul qilinmagan talabalarga.
4. Toʻliq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish toʻlovidan iborat boʻladi.
Oʻquvchi (talaba)lar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari bilan, 2-ilovaga muvofiq kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, oʻquvchi (talaba)larga ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda (oʻqishning boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilganligi, sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganligi, vafot etganligi munosabati bilan oʻqishdan chetlatilganlik bundan mustasno), ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yoʻl xarajatlari uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi, ushbu Nizomning 8-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan oʻquvchi (talaba)lar bundan mustasno.
5. Agar oʻquvchi (talaba)ning yashash joyi u taʼlim olayotgan taʼlim muassasasi joylashgan joydan 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, oʻquvchi (talaba)lar transportda yurish toʻlovlari bilan taʼminlanadi.
6. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtida voyaga yetganligi (18 yoshga toʻlganligi) munosabati bilan vasiyligi (homiyligi), oilaga tarbiyaga (patronat) berilganligi toʻhtatilgan yoki bekor qilingan oʻquvchilarga shaxsiy xarajatlari uchun muassasani tamomlagunlariga qadar har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari berib boriladi.
Ushbu pul mablagʻi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga toʻlanmaydi.
7. Taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan vaqtida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ushbu muassasalarni tamomlab, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgandan soʻng ham toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
Oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan ushbu toifadagi talabalar ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlanadi.
8. Taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchi (talaba)larga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni boʻlmagan hollarda muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu oʻquvchi (talaba)larga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa oʻquvchi (talaba) muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi.
Tuman (shahar) hokimining qarori oʻquvchi (talaba)ning toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar toifasiga kirishiga asos hisoblanadi.
Ushbu toifadagi oʻquvchi (talaba)larga taʼlim muassasasini bitirayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — budjet) berilishi belgilangan bir yoʻla toʻlanadigan bitiruv nafaqasi berilmaydi.
81. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan davrida har oʻquv yilida bir marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
2-bob. Oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek transportda yurish toʻlovini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
9. Taʼlim muassasasida oʻquvchi (talaba)larga pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy taʼminot yordami), shuningdek, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish yuzasidan murojaatlarni oʻrganish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh) tuziladi.
10. Ishchi guruh tarkibiga muassasaning tegishli xodimlari kiritiladi va muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi guruh kamida yetti kishidan iborat quyidagi tarkibda tuziladi:
ishchi guruh rahbari — muassasa rahbari;
ishchi guruhning masʼul kotibi — muassasa rahbarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari;
muassasa yuriskonsulti;
muassasa buxgalteri;
toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolaning guruh rahbari yoki murabbiyi;
tanlov asosida bir nafar pedagog;
kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.
11. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari (murabbiy) yoki ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan amalga oshiriladi.
Guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirishda oʻquvchi (talaba)larga muqaddam ushbu nafaqa berilmaganligini aniqlash uchun ularni boshqa taʼlim muassasalarini bitirgan yoki ulardan oʻqishdan chetlatilganda “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali tekshiriladi.
13. Oʻquvchi (talaba) ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.
14. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi berish masalasini hal qilish uchun guruh rahbari yoki Ishchi guruhning boshqa masʼuli tomonidan ishchi guruhga oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) oʻquvchi (talaba)ning arizasi;
b) tuman (shahar) hokimining oʻquvchi (talaba)ni davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish yoki toʻliq davlat taʼminotiga olish haqidagi qarori nusxasi;
v) oʻquvchi (talaba)ning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
g) oʻqishdan chetlashtirilgan talabaning uch oy ishlaganligi hamda ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
d) oʻquvchi (talaba)ning yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar:
ota-onasining oʻlimi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
15. Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi.
16. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruhning qarori qabul qilinadi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ishchi guruh tomonidan barcha hujjatlar toʻliq, asoslangan holda taqdim etilganligi aniqlanganda oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish toʻgʻrisida, aksincha taqdim etilgan hujjatlarda kamchilik mavjudligi, hujjatlarning haqiqiy emasligi aniqlanganda nafaqa berilishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ishchi guruh tomonidan qaror nusxasi uch ish kunida oʻquvchi (talaba)ga yetkaziladi.
Oʻquvchi (talaba) qaror nusxasini olgan kundan boshlab bir oy davomida tegishli kamchiliklarni bartaraf etgan holda nafaqa olish boʻyicha ishchi guruhga qayta murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
17. Ishchi guruh rahbari va aʼzolari ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida ishchi guruh qarorining qonuniyligi va uning toʻgʻri qabul qilinganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
3-bob. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berishni rasmiylashtirish tartibi
18. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
19. Muassasa buxgalteri tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish boʻyicha ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada soʻrovnoma tuziladi.
20. Soʻrovnomaning bir nusxasi uch ish kunida tegishliligi boʻyicha budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning moliya-iqtisod boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — moliya organlari) taqdim etiladi.
21. Soʻrovnoma muassasaning birinchi bosqichiga qabul qilingan oʻquvchi (talaba)lar uchun har yili 15-sentabrgacha, boshqa oʻquvchi (talaba)larga esa kelgusi yil uchun joriy yilning 15-dekabriga qadar shakllantiriladi.
Muassasada taʼlim olayotgan davrida toʻliq davlat taʼminotiga olingan oʻquvchi (talaba)lar uchun soʻrovnoma u toʻliq davlat taʼminotiga olingandan soʻng 15 kun ichida shakllantiriladi.
22. Moliya organlari tomonidan soʻrovnomaga binoan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muassasaning xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali mablagʻ ajratiladi.
4-bob. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordamini berish tartibi
23. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordamini berish ularning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
24. Oʻquvchi (talaba)larning xohishiga koʻra ijtimoiy taʼminot yordamini olish uchun toʻlanadigan pul mablagʻlarining oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari berilishi mumkin.
Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq roʻyxatda belgilangan ashyoviy taʼminot buyumlari orasidan oʻzi istagan buyumlarni koʻrsatgan holda oʻquvchi (talaba)ning muassasa rahbari nomiga yozgan arizasiga binoan beriladi.
25. Oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Ijtimoiy taʼminot yordami oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul oʻtkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qoʻydirish talab etilmaydi.
26. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan davr uchun toʻlanmay qolgan ijtimoiy taʼminot yordami keyingi toʻlovlarga qoʻshib toʻlanadi.
5-bob. Oʻquvchi (talaba)larni transportda yurish toʻlovi bilan taʼminlash tartibi
27. Transportda yurish toʻlovi umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan hududlarda oylik tarif rejalari asosida oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasi orqali amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy kartada transport karta funksiyasini faollashtirish bepul amalga oshiriladi.
Agar oʻquvchi (talaba) oʻqiydigan tuman (shahar)da yoki aholi punktida bu turdagi avtomatlashtirilgan tizim boʻlmasa, u holda ularga jamoat transportida yurishlari uchun tegishli oylik tarif rejasi miqdoridagi pul mablagʻi oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
28. Transportda yurish toʻlovi muassasalarning xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
29. Transportda yurish toʻlovi muassasalar tomonidan oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan oʻqish davrida tarif amal qiladigan oydan oldingi oy tugashiga kamida ikki kun qolganida amalga oshiriladi.
30. Transportda yurish toʻlovi oʻqish davri uchun amalga oshiriladi.
6-bob. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasini berish tartibi
31. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi bir marta, ular taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda oʻzi taʼlim olgan taʼlim muassasasidan beriladi.
Davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari bitiruvchilariga bitiruv nafaqasi ular ishga qabul qilinayotganda, ushbu muassasalardan beriladi.
Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi ular tomonidan mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida belgilangan hujjatlarni taqdim etilgan taqdirda beriladi.
32. Agar oʻquvchi (talaba) umumiy oʻrta taʼlim muassasasining 11-sinfini yoki muassasani bitirib, oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirgan taqdirda, unga bitiruv nafaqasi oʻzi taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasasini bitirayotganda, oʻqishdan chetlashtirilganda, ishga qabul qilinayotganda ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan beriladi.
33. Bitiruv nafaqasi har yili 1-sentabrgacha bitiruvchining ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
Oʻqishdan chetlashtirilgan talabalarga bitiruv nafaqasi mazkur Nizomning 14-bandining “g” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan kundan eʼtiboran uch oy ichida uning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
34. Oʻquvchi (talaba)larga bitiruv nafaqasi shaxsiy imzosi qoʻyilgan tarqatish qaydnomasi asosida beriladi.
Bitiruv nafaqasi oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga pul oʻtkazish orqali berilganda tarqatish qaydnomasiga ularning imzosini qoʻydirish talab etilmaydi.
35. Bitiruvchi oʻz xohishiga koʻra bitiruv nafaqasi oʻrniga unga teng miqdorda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlarini olishi mumkin.
61-bob. Oʻquvchi (talaba)larning oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish xarajatlarini qoplab berish tartibi
351. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlarni ajratishni rasmiylashtirish va berish tartibi ijtimoiy taʼminot yordami kabi amalga oshiriladi.
352. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar ishchi guruhning qaroriga muvofiq qabul qilingan taʼlim muassasalari rahbarining buyrugʻiga asosan beriladi.
353. Oʻquvchi (talaba)ga oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻlar taʼlim muassasalarining xarajatlar smetasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
354. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ning ijtimoiy kartasiga pul oʻtkazish orqali beriladi.
355. Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun tegishli mablagʻlar oʻquvchi (talaba)ga oʻquv yili boshida lekin 1-oktabrdan kechiktirilmagan holda toʻlab beriladi.
Bunda, oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish jarayoni (ularni saralash, tanlash va sotib olish) oʻquvchi (talaba) hamda taʼlim muassasasi yoshlar yetakchisi (Oliy taʼlim muassasalaridagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilot yetakchisi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
356. Mazkur bobda nazarda tutilgan tartib taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda vasiylik va homiylikka olingan (berilgan) yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ham tatbiq etiladi.
7-bob. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti
36. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini moliyalashtirish budjet mablagʻlari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori ular taʼlim olayotgan muassasalar tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan muassasalarning xarajatlar smetasida rejalashtiriladi.
38. Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari uchun sarflanadigan mablagʻlarning buxgalteriya hisobi va hisoboti tegishli taʼlim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
39. Muassasalar tomonidan har oʻquv yili yakunida ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobot tayyorlanadi hamda iqtisodiyot va moliya organlariga taqdim etiladi.
Iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan ushbu hisobotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
40. Asossiz ravishda toʻlangan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Muassasalarning ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini toʻlash bilan bogʻliq faoliyatini nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
42. Shaxsiy javobgarlik:
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalarini asosli tayinlash va toʻlash tartibiga rioya qilinganligi va moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligi boʻyicha ishchi guruh rahbariga;
ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalari uchun ajratilgan mablagʻlarning muassasalarga oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazib berilishi boʻyicha iqtisodiyot va moliya organi rahbariga;
taʼlim muassasasi tomonidan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovlari hamda bitiruv nafaqalarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab berilishi boʻyicha muassasa rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
43. Ushub Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash
NORMALARI
(bir kishi hisobiga kuniga gramm (brutto) T/r Oziq-ovqatmahsulotlariningnomi 15 — 18 yosh 1. 1-sort bugʻdoy non 600 2. Bugʻdoyuni* 35 3. Kartoshka kraxmali* 3 4. Dukkaklilaryormasi, makaron mahsulotlari* 75 5. Qand-shakar 90 6. Qandolatchilikmahsulotlari 25 7. Sariyogʻ* 30 8. Oʻsimlikyogʻi* 20 9. Sut va sutmahsulotlari 400 10. Qaymoq 10 11. Suzma* 70 12. Pishloq* 12 13. Goʻsht, parrandagoʻshti 200 14. Pishirilgan kolbasa, sosiskalar* 25 15. Baliq 35 16. Tuxum (dona) 1 17. Kartoshka* 400 18. Sabzavotlar, oshkoʻklar, tuzlamalar, shu jumladan, tomat (3 g.) 455 19. Hoʻlmevalar 250 20. Meva, sabzavotsharbatlari 200 21. Quruqmevalar, shu jumladan, naʼmatak (5 g.) 15 22. Choy 0,5 23. Yodlangan tuz 8 24. Achitqilar* 1 25. Ziravorlar* 2
* Bir hafta uchun oʻrtacha sutkalik normalar.
Izoh:
1. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini muassasalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan mahsulotlarni asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha almashtirish jadvaliga muvofiq ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida almashtirishga ruxsat etiladi.
2. Muassasalar va yotoqxonalarda issiq ovqat mavjud boʻlmaganda, shuningdek, faqat bir martalik issiq ovqat mavjud boʻlganda, oʻquvchi (talaba)larga bir martalik ovqat bilan kompensatsiya qilinmagan miqdorda (savdo ustamasini hisobga olgan holda) toʻliq yoki qisman oʻquvchi (talaba)larning ijtimoiy kartalariga oʻtkaziladi yoki naqd pul shaklida beriladi.
3. Muassasalarda boshqa shaharlardan kelgan yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ular muassasaga yetib kelgan vaqtdan boshlab oʻqishga qabul qilingungacha bepul ovqat beriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va boshqa ashyoviy taʼminot buyumlari bilan taʼminlash
NORMALARI
T/r Kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar nomi Oʻlchov birligi Biroʻquvchi (talaba) hisobiga Oʻgʻil bolalar uchun Qiz bolalar uchun soni foydalanish muddati (yil) soni foydalanish muddati (yil) Kiyim-bosh 1. Qishki palto dona 1 3 1 3 2. Mavsumiy palto, kurtka dona 1 2 1 2 3. Oʻqish uchun kostum: dona 1 2 1 2 4. Qishki toʻplam 1 1 1 1 5. Yozgi toʻplam 1 1 1 1 6. Oʻqish uchun ip gazlamadan tikilgan oq koʻylaklar dona 2 2 2 2 7. Sport formasi va ketalar toʻplam 2 2 2 2 8. Oʻgʻil bolalar uchu kostumlar toʻplam 3 2 9. Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar) dona 3 2 10. Qizlar uchun uy xalatlari dona 2 2 11. Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar dona 3 1 12. Bayramlar uchun qishki kostum yoki koʻylak dona 1 2 1 2 13. Bayramlar uchun yozgi kostum yoki koʻylak dona 1 2 1 2 14. Jun sviter (jemper) dona 1 2 1 2 15. Qizlar uchun reytuzalar dona 2 1 16. Yozgi bosh kiyim dona 1 1 1 1 17. Qishki bosh kiyim dona 1 2 1 2 18. Dastroʻmol dona 4 1 4 1 19. Uyshimlari (jinsilar) dona 1 1 1 1 20. Oʻgʻil bolalar uchun shimkamarlari dona 1 1 21. Yarim jun sharflar dona 1 3 1 3 22. Qoʻlqoplar (panjasiz qoʻlqoplar) juft 1 3 1 3 23. Byustgalter dona 3 1 24. Qizlar uchun triko dona 5 1 25. Kalta sport ishtonlari dona 2 1 26. Shortilar dona 1 1 1 1 27. Mayka dona 3 1 28. Futbolka dona 2 1 2 1 29. Ip gazlama paypoqlar, golflar juft 5 1 5 1 30. Tungi koʻylaklar, pijamalar ta 2 1 2 1 31. Kolgotkalar juft 5 1 32. Choʻmilish koʻylagi, plavkilar ta 1 1 1 1 Poyabzal 33. Botinkalar, tuflilar, krossovkalar juft 3 1 3 1 34. Shippaklar juft 2 1 2 1 35. Etiklar, qishki botinkalar juft 1 1 1 1 Ashyoviy taʼminot buyumlari 36. Portfellar, sumkalar dona 2 3 2 3 37. Jomadon dona 1 5 1 5 38. Choyshablar dona 3 2 3 2 39. Koʻrpa choyshablari dona 2 3 2 3 40. Kichik yostiq jildi dona 1 4 1 4 41. Katta yostiq jildi dona 3 3 3 3 42. Sochiq dona 3 2 3 2 43. Paxmoq sochiq dona 3 3 3 3 44. Jun yoki momiqli adyol dona 1 6 1 6 45. Paxmoq adyol dona 1 4 1 4 46. Toʻshak dona 1 4 1 4 47. Yostiq dona 1 6 1 6 48. Toʻshak qoplamasi dona 1 6 1 6 49. Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha dona 1 6 1 6 Shaxsiy gigiyena buyumlar 50. Tish pastasi dona 12 1 12 1 51. Tish choʻtkasi dona 3 1 3 1 52. Kir sovun dona 12 1 12 1 53. Atirsovun dona 24 1 24 1 54. Kir yuvish poroshoklari oʻram (400 g.) 12 1 12 1 55. Soqol olish buyumlari dona 12 1 5 1 56. Taroq dona 2 1 2 1 57. Hojatxona qogʻozi oʻram 24 1 24 1 58. Shampun dona (200 g.) 12 1 12 1 59. Dezodorant (aerozol) dona 6 1 6 1 60. Gigiyena qistirmalari oʻram (10 tadan) 12 1 61. Momiq oʻram (200 g.) 4 1 62. Poyabzal moyi tyubik 6 1 6 1 63. Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson flakon (100 — 150 g.) 6 1 64. Badanni yuvish uchun gubka dona 2 1 2 1 65. Togʻora dona 1 3 1 3
Izoh: Muassasalar rahbarlariga koʻrsatib oʻtilgan taʼminot normalariga yangi fasonlarni va oʻquvchi (talaba)lar xohishini hisobga olgan holda ushbu maqsadlar uchun oʻquv muassasasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻquvchi (talaba)larga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini koʻrib chiqish tartibi
SXEMASI
BosqichlarIjrochilarTadbirlarMuddatlar 1-bosqichOʻquvchi (talaba)Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini olish uchun muassasa rahbariga ariza bilan murojaat qiladi.Zaruratga koʻra 2-bosqichOʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyiOʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasini berish masalasini hal qilish uchun murojaatlarni oʻrganish boʻyicha muassasada tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhga hujjatlarni taqdim etadi.Oʻquvchi (talaba)ning murojaatidan soʻng uch ish kunida 3-bosqichMuassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh1. Oʻquvchi (talaba)ning guruh rahbari yoki murabbiyi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.2. Tushgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha oʻquvchi (talaba)ga ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqasining berilishi yoki rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.Hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn ish kunida 4-bosqichTaʼlim muassasasi rahbariIshchi guruhning qarorini tasdiqlaydi va bayonnoma bilan rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.Ishchi guruhning qarori qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida 5-bosqichMuassasada tashkil etilgan doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhQaror nusxasini oʻquvchi (talaba)ga yetkazadi.Uch ish kunida
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari uchun budjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida SOʻROVNOMA_______-son Muassasa nomi:_____________________________________________________________T/rOʻquvchi (talaba)ning F.I.O. Ijtimoiy taʼminot yordami turi (soʻm)Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) ni xarid qilish xarajatlari (soʻm)AsosUmumiy miqdori (soʻm)NafaqaOziq-ovqatKiyim-bosh va poyabzalShaxsiy gigiyena buyumlariAshyoviy taʼminot buyumlari Transportda yurish toʻloviBitiruv nafaqasiTaʼlim muassasasi rahbari:__________________________________(F.I.O.) (imzo)Bosh buxgalter: _____________________ _____________(F.I.O.) (imzo)
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlash va toʻlash boʻyicha HISOBOT 20____ yil _____chorak uchun Muassasa nomi:_____________________________________________________________ Muassasa joylashgan tuman (shahar) _____________________________________________T/rIjtimoiy taʼminot yordami turi Oʻlchov birligiYil boshidan1.Ijtimoiy taʼminot yordami uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdorisoʻm2.Qaydnomaga asosan berilgan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalari miqdorisoʻm3.Qaydnomaga asosan ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini olayotgan toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar soninafar4.Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini olish yuzasidan arizalar soninafar5.Koʻrib chiqilgan arizalar soninafar6.Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlar sonidona7.Ijtimoiy taʼminot yordami, transportda yurish toʻlovi hamda bitiruv nafaqalarini tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar soni dona8.Oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun muassasaga ajratilgan mablagʻlar miqdorisoʻm9.Qaydnomaga asosan berilgan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun berilgan mablagʻlar miqdorisoʻm10.Qaydnomaga asosan oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar)ni xarid qilish uchun mablagʻ olayotgan oʻquvchi (talaba)lar soninafarTaʼlim muassasasi rahbari:__________________________________(F.I.O.) (imzo)Bosh buxgalter: _____________________ _____________(F.I.O.) (imzo)20____ yil “____” ______________
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-yil, 39-son, 490-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“bolani farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) istagini bildirgan shaxslarni har tomonlama oʻrganadi va oʻrganish natijasida potensial ota-onalarni aniqlaydi”;
b) 53-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridan “vasiyligida yoki homiyligida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 56-bandning oltinchi xatboshisidan “vasiyligida yoki homiyligida va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 70-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sogʻlomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalariga, ushbu muassasalarni tamomlab akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga taʼlim-tarbiyaga berilgan kundan eʼtiboran toʻliq davlat taʼminotida boʻladi hamda ularga nisbatan vasiylik va homiylik majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda taʼlim olayotgan vaqtda yetim boʻlib qolgan, ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda homiy tayinlanadi. Homiy tayinlashning imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, muassasa joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimining qarori bilan ushbu bolalarga nisbatan ular taʼlim olayotgan muassasa bola muassasani tamomlagunga qadar homiy etib tayinlanadi”;
d) 71-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar”;
e) oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
j) Quyidagi mazmundagi 711-band qoʻshilsin:
“711. Quyidagilar shaxsning vasiy yoki homiy etib belgilanishiga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar hisoblanadi:
I, II, V guruh dispanser hisobidagi barcha joylashinuv shaklidagi sil kasalliklari (faol va surunkali);
barcha joylashinuvli yomon sifatli onkologik kasalliklar;
narkologik kasalliklar (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya);
aqli zaiflikning barcha turlari;
tanosil kasalliklarining maishiy yoʻl bilan yuquvchi turlari (zaxm, soʻzak);
mehnatga yaroqlilikni inkor etuvchi I va II guruh nogironligiga olib keluvchi barcha kasalliklar va jarohatlar”;
z) 73-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, bolaga nisbatan vasiy yoki homiy belgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha boʻlmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining nazoratida qoldirilgan boʻlsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlsa belgilanadi.
Har ikki holatda ham bolaning ota-onasidan rozilik arizasi talab etilmaydi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-yil, 50-son, 566-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 204-bandi ikkinchi xatboshisiga “shuningdek FHDY organlari” soʻzlaridan keyin “vasiylik va homiylik organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 739-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni moddiy taʼminlash normalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 29-noyabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 48-49-son, 485-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 22-23-son, 199-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 17-oktabrdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-yil, 43-son, 435-modda).
