Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (3182-2-son)
19.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3182-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib ragʻbatlantirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 12-avgustdagi 480-son “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 19-avgustdagi 10-mh, 8 q/q, 41 q/q, 5-2019, 32, 25 q/q va 35-2019-q/q-son qarori (roʻyxat raqami 3182, 2019-yil 16-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/3182/3754-son) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-oktabr,
21-mh-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazir oʻrinbosari U.Sh. Begimkulov
Toshkent sh.,
2020-yil 7-oktabr,
89-03-3719-son
Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 7-oktabr,
12-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh.X. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-oktabr,
12-mh-son
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. NABIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 8-oktabr,
9-mh-son
Madaniyat vaziri O.A. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-oktabr,
01-14-18-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-oktabr,
392-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2020-yil 16-oktabrdagi 21-mh-son, Maktabgacha taʼlim vazirligining 2020-yil 7-oktabrdagi 12-son, Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 7-oktabrdagi 12-mh-son, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 7-oktabrdagi 89-03-3719-son, Madaniyat vazirligining 2020-yil 14-oktabrdagi 01-14-18-son, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020-yil 8-oktabrdagi 9-mh-son hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 7-oktabrdagi 392-son qaroriga ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. I boʻlimning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, II boʻlimning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, III boʻlim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VI boʻlim 2-bobi 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VII boʻlim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi, VIII boʻlim 3-pozitsiyasining “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ g) nazariy va amaliy sinovlar boʻyicha aniqlanganda: 100 ball nazariy sinov 4 ta savoldan iborat boʻladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi nazariy sinov 40 ballgacha (har bir savol uchun 10 ball); amaliy sinov 4 ta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi mazkur Baholash mezonlarining ilovasiga muvofiq Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy sinovlar normativlari asosida baholanadi amaliy sinov 60 ballgacha (har bir mashq uchun 15 ball) baholanadi ”.
2. V boʻlimda:
nomidagi “ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari” degan soʻzlar “olimpiya zaxiralari kollejlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyaning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ g) nazariy va amaliy sinovlar boʻyicha aniqlanganda: 100 ball nazariy sinov 4 ta savoldan iborat boʻladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi nazariy sinov 40 ballgacha (har bir savol uchun 10 ball); amaliy sinov 4 ta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, toʻliq, toʻgʻri va sifatli bajarilganligi mazkur Baholash mezonlarining ilovasiga muvofiq Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy sinovlar normativlari asosida baholanadi amaliy sinov 60 ballgacha (har bir mashq uchun 15 ball) baholanadi ”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan toʻldirilsin.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga ILOVA
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy sinovlar
NORMATIVLARI
1. 100 metrga yugurish jismoniy mashqi boʻyicha (soniyada hisoblanadi) Erkaklar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 — 59 yosh 60 va undan katta yosh* Ballar 15,0 15,5 16,0 16,5 17,0 17.5 18,0 19,0 15 15,3 15,8 16,3 16,8 17,3 17,8 18,3 19,3 14 15,6 16,1 16,6 17,1 17,6 18,1 18,6 19,6 13 15,9 16,4 16,9 17,4 17,9 18.4 18,9 19,9 12 16,2 16,7 17,2 17.7 18,2 18,7 19,2 20,2 11 16,5 17,0 17,5 18,0 18,5 19.0 19,5 20,5 10 16,7 17,1 17,5 17,9 18,3 18,7 19,1 20,1 9 16,8 17,2 17,6 18.0 18,4 18.8 19,2 20,2 8 16,9 17,3 17,7 18,1 18,5 18,9 19,3 20,3 7 17,0 17,4 17,8 18,2 18,6 19,0 19,4 20,4 6 17,1 17,5 17,9 18,3 18,7 19,1 19,5 20,5 5 17,2 17,6 18,0 18,4 18,8 19,2 19,6 20,6 4 17,3 17,7 18,1 18,5 18,9 19,3 19,7 20,7 3 17,4 17,8 18,2 18,6 19,0 19,4 19,8 20,8 2 17,5 17,9 18,3 18,7 19,1 19,5 19,9 20,9 1 Ayollar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35-39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 va undan katta yosh* Ballar 18,0 18,5 19,0 19,5 20,0 20,5 21,5 15 18,3 18,8 19,3 19,8 20,3 20,8 21,8 14 18,6 19,1 19,6 20,1 20,6 21,1 22,1 13 18,9 19,4 19,9 20,4 20,9 21,4 22,4 12 19,2 19,7 20,2 20,7 21,2 21,7 22,7 11 19,5 20,0 20,5 21,0 21,5 22,0 23,0 10 19,6 20,1 20,6 21,1 21,6 22,1 23,1 9 19,7 20,2 20,7 21,2 21,7 22,2 23,2 8 19,8 20,3 20,8 21,3 21,8 22,3 23,3 7 19,9 20,4 20,9 21,4 21,9 22,4 23,4 6 20,0 20,5 21,0 21,5 22,0 22,5 23,5 5 20,1 20,6 21,1 21,6 22,1 22,6 23,6 4 20,2 20,7 21,2 21,7 22,2 22,7 23,7 3 20,3 20,8 21,3 21,8 22,3 22,8 23,8 2 20,4 20,9 21,4 21,9 22,4 22,9 23,9 1 2. Joyidan turib uzunlikka sakrash jismoniy mashqi boʻyicha (santimetrda hisoblanadi) Erkaklar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 — 59 yosh 60 va undan katta yosh* Ballar 230 225 220 200 180 160 140 135 15 225 220 215 195 175 155 135 130 14 220 215 210 190 170 150 130 125 13 215 210 205 185 165 145 125 120 12 210 205 200 180 160 140 120 115 11 205 200 195 175 155 135 115 110 10 200 195 190 170 150 130 110 105 9 195 190 185 165 145 125 105 100 8 190 185 180 160 140 120 100 95 7 185 180 175 155 135 115 95 90 6 180 175 170 150 130 110 90 85 5 175 170 165 145 125 105 85 80 4 170 165 160 140 120 100 80 75 3 165 160 155 135 115 95 75 70 2 160 155 150 130 110 90 70 65 1 Ayollar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 va undan katta yosh* Ballar 170 165 160 140 130 120 110 15 165 160 155 135 125 115 105 14 160 155 150 130 120 110 100 13 155 150 145 125 115 105 95 12 150 145 140 120 110 100 90 11 145 140 135 115 105 95 85 10 140 135 130 110 100 90 80 9 135 130 125 100 95 85 75 8 130 125 120 95 90 80 70 7 125 120 115 90 85 75 65 6 120 115 110 85 80 70 60 5 115 110 100 80 75 65 55 4 110 100 95 75 70 60 50 3 100 95 90 70 65 55 45 2 95 90 85 65 60 50 40 1 3. Turnikda tortilish jismoniy mashqi boʻyicha (sanash orqali hisoblanadi) Erkaklar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 — 59 yosh 60 va undan katta yosh* Ballar 12 11 9 7 6 5 4 3 15 11 10 8 6 5 4 3 2 14 10 9 7 5 4 3 2 1 13 9 8 6 4 3 2 1 12 8 7 5 3 2 1 11 7 6 4 2 1 10 6 5 3 1 9 5 4 2 8 4 3 1 7 3 2 6 2 1 5 1 4 Gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish jismoniy mashqi boʻyicha (sanash orqali hisoblanadi) Ayollar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 va undan katta yosh* Ballar 28 24 20 16 12 10 9 15 26 22 18 14 11 9 8 14 24 20 16 12 10 8 7 13 22 18 14 10 9 7 6 12 20 16 13 9 8 6 5 11 19 15 12 8 7 5 4 10 18 14 11 7 6 4 3 9 17 13 10 6 5 3 2 8 16 12 9 5 4 2 1 7 15 11 8 4 3 1 6 14 10 7 3 2 5 13 9 6 2 1 4 4. Yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish jismoniy mashqi boʻyicha (sanash orqali hisoblanadi) Erkaklar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 — 59 yosh 60 va undan katta yosh* Ballar 35 30 25 23 20 18 16 14 15 33 28 24 21 18 16 14 12 14 31 26 23 20 17 15 12 10 13 30 25 22 19 16 14 10 9 12 29 24 21 18 15 13 9 8 11 28 23 20 17 14 12 8 7 10 27 22 19 16 13 11 7 6 9 26 21 18 15 12 10 6 5 8 25 20 17 14 11 9 5 4 7 24 19 16 13 10 8 4 3 6 23 18 15 12 9 7 3 2 5 22 17 14 11 8 6 2 1 4 21 16 13 10 7 5 1 3 20 15 12 9 6 4 2 19 14 11 8 5 3 1 Ayollar uchun 23 — 29 yosh 30 — 34 yosh 35 — 39 yosh 40 — 44 yosh 45 — 49 yosh 50 — 54 yosh 55 va undan katta yosh* Ballar 25 23 20 17 15 12 10 15 24 21 18 15 13 10 8 14 23 20 16 13 11 8 6 13 22 19 15 12 9 6 5 12 21 18 14 11 8 5 4 11 20 17 13 10 7 4 3 10 19 16 12 9 6 3 2 9 18 15 11 8 5 2 1 8 17 14 10 7 4 1 7 16 13 9 6 3 6 15 12 8 5 2 5 14 11 7 4 1 4 13 10 6 3 3 12 9 5 0 2 11 8 4 1 1
* Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlar attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi.”.
