Turkmanistonda Oʻzbekiston Respublikasining elchixonasini ochish toʻgʻrisida (300-son)
31.07.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1995-yil uchun shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona xodimlari sonini 1995-yil uchun 7 kishidan, shulardan: diplomatik tarkibdagi xodimlar soni — 4 kishi, texnik tarkibdagi xodimlar soni — 3 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995-yil uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ular paydo boʻlishi bilan xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi elchixonaning diplomatik xodimlarini shtat jadvaliga muvofiq toʻldirish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-iyul,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 300-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi elchixonasi
SHTAT JADVALI
(hisob-kitoblar AQSH dollarida)
T/rLavozim(dip.tarkib)Shtatlar soni,birlikXodimlarning ish haqiBir oylik maosh1995-yil uchun ish haqi fondi1.Elchi110050060002.1-kotib17537545003.2-kotib17035042004.3-kotib1653253900Jami:4155018600Maʼmuriy — texnik tarkib1.Katta buxgalter, devonxona mudiri16532539002.Xoʻjalik mudiri, komendant va kassir15025030003.Mexanik — haydovchi14522527004.Mahalliy xodim (farrosh, hovlibon, bogʻbon, oshpaz, shartnoma boʻyicha toʻlov)Jami:3120014400Umumiy:7275033000
*Elchining maoshiga nisbatan foiz hisobida
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-iyuldagi 300-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi elchixonasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun
XARAJATLAR SMETASI
T/rXarajatlar nomi1995-yil uchun xarajatlar summasiAQSH dollarisoʻm1.Ish haqi 33000454382.Tibbiy yordam yoki sugʻurta (fonddan 10%)33003.Moddiy-xoʻjalik xarajatlari, shu jumladan:611120a) elchixona, rezidensiya binolari va istiqomat xonalarini qurish600000b) elchixona, rezidensiya binolari va istiqomat xonalarini saqlash3660v) telefon oʻrnatish, faks, teleks uchun abonentlik toʻlovlari xarajatlari1660G) ish yuritish, pochta-telegraf xarajatlari1800D) davriy nashrlarga obuna boʻlish va til oʻrganish boʻyicha xarajatlar20006400E) mehmonxonada yashash uchun xarajatlar 20004.Elchixona uchun avtotransport sotib olish va uni saqlash706645.Asbob-uskuna va jihozlar sotib olish, shu jumladan:106878A) elchixona uchun68835B) rezidensiya uchun10423V) elchixona xodimlarining istiqomat xonalari uchun 276206.Xizmat safarlari1203122407.Elchixona va rezidensiyalar binolarining xavfsizligini va muhandislik himoyasini taʼminlash95008.Vakolatxonaning joriy xarajatlari36009.Boshqa xildagi xarajatlar (muhrni, shtamplarni, bayroqlarni, suvenir buyumlarini sotib olish)80000Jami:850093134078
