Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisida (17-IV-son)
20.01.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripovning yozma murojaatiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-yanvar,
17-IV-son
