Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida (313-IV-son)
10.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
1. Safoyev Sodiq Solixovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari 2. Saidov Akmal Xolmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari 3. Sayfullayev Baxtiyor — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi 4. Eshmatova Feruza Farxodovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi 5. Ataniyazova Oral Aminovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori 6. Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi 7. Ganiyev Doniyor Avazovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 8. Djurayev Qodir Asadovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 9. Tilavoldiyev Nodirbek Xakimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 10. Burxanov Akmal Eshondedayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi 11. Vafayev Ulugʻbek Nazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzosi 12. Sabirov Nazir Najmetdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi 13. Tirkasheva Mukaddas Baxromovna — ?zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi 14. Xushvaqtov Islom Nortoshevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi aʼzosi 15. Shadiyeva Zuxra Tursunovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi
2. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
313-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
KQ-47-IV-son
