“Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi QL-648-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (288-IV-son)
19.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 23-aprelda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Boʻgʻuvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qoʻllanilishini taqiqlash toʻgʻrisida”gi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17-iyun) qoʻshilishi haqida”gi QL-648-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining A. KADIROV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
288-IV-son
