Toshkent davlat universitetiga Mirzo Ulugʻbek nomini berish toʻgʻrisida (360-son)
14.09.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi jamoatchiligi, ToshDU olimlari, professor va oʻqituvchilarining istaklarini inobatga olib, Toshkent davlat universitetiga Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulugʻbek (Muhammad Taragʻay Ulugʻbek) nomi berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-sentabr,
360-son
