Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Isroil Davlati Parlamenti (Knesset) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida (330-IV-son)
10.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Isroil Davlati Parlamenti (Knesset) bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
1. Abdullayev Ilxom Zayirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi, guruh rahbari 2. Burxanov Kutbidin Nukritdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi 3. Tajiyev Baxadir Sadullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi 4. Ayupov Shavkat Abdullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori 5. Dobrix Anna Konstantinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Namangan shahridagi “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ direktori 6. Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari 7. Abdurasulov Jaxongir Abduvaliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi 8. Jumayev Nodir Xosiyatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi 9. Ismailov Dilmurod Maxmudovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi 10. Qosimov Jamshid Nortojiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi 11. Samatov Faxriddin Valijonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi 12. Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi 13. Sharafutdinov Shuxrat Xursanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi 14. Oʻrazaliyeva Muqaddas Oʻktamovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi 15. Hasanova Mavjuda Gʻaniyevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi
2. Ushbu Qoʻshma qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
330-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
KQ-64-IV-son
