«Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (338-I-son)
26.12.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
qonunlarni «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida Oliy Majlisga takliflar kiritsin;
hukumat qarorlarini «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-dekabr,
338-I-son
