“Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida (121-II-son)
31.08.2000
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Radiatsiyaviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
121-II-son
