Boshoqli ekinlar donining xarid narxlarini oshirish toʻgʻrisida (506-son)
03.11.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Boshoqli don ekinlari maydonlarini kengaytirish va ularning yalpi hosilini koʻpaytirishdan kolxozlar va sovxozlarning, ijara, fermer xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklarning, shuningdek, qishloq aholisining manfaatdorligini ragʻbatlantirish, energiya manbalari qimmatlashayotganligiga va ish haqini oshirishga sarflanayotgan xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining boshoqli ekinlar donining cheklangan xarid narxlarini 1993-yil hosilidan boshlab don turlari boʻyicha ilovaga muvofiq 2,5 baravar oshirish haqidagi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida yangi xarid narxlari preyskurantlarini nashr qilsin va ularni manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-noyabr,
506-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-noyabrdagi 506-son qaroriga ILOVA
Boshoqli ekinlar donining CHEKLANGAN XARID NARXLARI
