Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi-Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020-2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi haqida (513-IV-son)
15.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasini amalga oshirish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi (bundan buyon matnda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Milliy harakatlar rejasining ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
513-IV/KQ-138-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
513-IV/KQ-138-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 513-IV/KQ-138-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan
MILLIY HARAKATLAR REJASI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 15-oktabrdagi 513-IV/KQ-138-IV-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiya qoidalarini bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Oʻninchi — Oʻn ikkinchi davriy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BMT Irqiy kamsitishni tugatish boʻyicha qoʻmitasining yakuniy mulohazalari va tavsiyalarini bajarish yuzasidan 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Oʻzbekistonning Oʻninchi — Oʻn ikkinchi birlashgan maʼruzalari boʻyicha yakuniy mulohazalari va tavsiyalari*
