Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (700-son)
09.11.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi bojxona yigʻimlari stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qatʼiy belgilangan bojxona yigʻimlari stavkalarini belgilash;
ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bogʻliq ayrim turdagi bojxona yigʻimlarini bekor qilish va ularni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimi stavkalarini pasaytirish;
bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun maʼmuriy javobgarlik oʻrniga moliyaviy chora sifatida bojxona yigʻimini joriy etish.
2. Belgilansinki, kelib tushgan bojxona yigʻimlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi aʼzolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
uch oy muddatda Davlat bojxona qoʻmitasining tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibini belgilovchi qarorini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
5. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
700-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga 1-ILOVA
Bojxona yigʻimlari stavkalari
* Tovarlarni “davlat foydasiga voz kechish”, “yoʻq qilish”, “vaqtincha saqlash” bojxona rejimlariga rasmiylashtirganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi.
Dastlabki, vaqtinchalik, toʻliq boʻlmagan va davriy deklaratsiyalash orqali tovarlar rasmiylashtirilganda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim faqatgina dastlabki deklaratsiyalashda bir marta undiriladi;
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori;
*** Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan xodim xizmat olib boradigan bojxona posti va unga biriktirilgan bojxona ombori, erkin ombor hamda boj olinmaydigan savdo doʻkoni shuningdek, ularga bevosita tutash boʻlgan doimiy bojxona nazorati zonalari bojxona rasmiylashtiruvi joylari hisoblanadi;
**** bojxona organlarining boshliqlari tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq ish vaqtidan tashqari vaqtda BYD rasmiylashtirganligi BYDning “D” grafasiga bojxona organi tomonidan belgi qoʻyilgan vaqt orqali aniqlanadi. Bunda tadbirkorlik subyektining bojxona rasmiylashtiruvini ish vaqtidan tashqari vaqtda rasmiylashtirish uchun roziligi olinishi lozim;
***** Bojxona organi tomonidan bir soatdan kam boʻlgan vaqt sarf qilingan taqdirda, bojxona yigʻimi bir xodimning toʻliq bir soat ish vaqti uchun undiriladi;
****** Sud qaroriga asosan davlat foydasiga oʻtkazilgan yoki yoʻq qilinadigan tovarlarni saqlaganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
******* dastlabki qaror bekor qilinganda, oʻzgartirilganda yoki qaytib olinganda uni qabul qilganlik uchun toʻlov qaytarilmaydi;
******** Umumiy hisoblangan yigʻimlar qiymati, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan oshmasligi shart.
********* 2025-yil 1-yanvarga qadar temir yoʻl transportida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun BHMning 10 foizi undiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining isteʼmol tovarlari olib kelish va sotish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish va ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 97-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 359-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 74-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona ishi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 27-noyabrdagi 330-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 82-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-son Farmoni)”gi 2016-yil 26-dekabrdagi 414-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 110-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 22-bandi.
