“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi QL-595-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini rad etish haqida (127-IV-son)
25.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 21-noyabrda kiritilgan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi QL-595-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi rad etilsin.
2. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-fevral,
127-IV-son
