“40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-646-son)
“40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-646-son) · Sana: 09.11.2020 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi”;
3) 41-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimidagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, shuningdek tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi”;
4) 42-moddaning:
oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 50-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan faqat yuqori turuvchi soliq organiga ular ustidan shikoyat qilinganidan keyin sud tartibida shikoyat qilish mumkin. Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda) 25-moddasi chiqarib tashlansin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 31-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
oltinchi qism chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-327-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 7, 449-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 17-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaviy korxona aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotni ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas”;
2) 27-modda chiqarib tashlansin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 203-modda) 1381-moddasining birinchi qismidagi “yagona ijtimoiy toʻlovlar” degan soʻzlar “ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-427-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 135-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda) 29-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi qism ikkinchi qism deb hisoblansin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 21-mayda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-539-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 264-modda) 14-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 344-moddaning ikkinchi qismi “tashkilotlariga” degan soʻzdan keyin “mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 369-modda:
birinchi qismining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
“15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam:
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar;
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʻllab-quvvatlash mustasno)”;
3) 378-modda quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan oshmagan holda”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
15-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 12-moddasi 2 va 3-bandlarining qoidalari 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
OʻRQ-646-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-646-son). neolex.uz/uz/laws/law-5086549/40 (lex.uz/docs/-5086547)