“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida (PQ-2578-son)
23.08.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimiz mustakilligini mustaxkamlash, uning iktisodiy kudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining dahlsizligini taʼminlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istikdol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshgan yurtdoshlarimizni “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mukofotlash maksadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlash boʻyicha vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
2. “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish jadvali ilovaga muvofiq kabul kilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va boshqa mutasaddi rahbarlar “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonlarini mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish bilan bogʻliq tadbirlar hamda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi D. Nazarmuhamedov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 23-avgust,
PQ-2578-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-avgustdagi PQ-2578-sonli qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini topshirish
jadvali
T/r Mukofotlanganlar Kim tomonidan topshiriladi Topshirish sanasi I. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti II. Markaziy saylov komissiyasi Raisi, Markaziy bank Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi 25-avgust 2016-yil Senat aʼzolari, Senat apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi 25-avgust 2016-yil Milliy xavfsizlik xizmati Raisi, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xoʻjalik sudlarining Raislari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi 25-avgust 2016-yil III. Qonunchilik palatasi deputatlari, Qonunchilik palatasi apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri 25-avgust 2016-yil IV. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri 25-avgust 2016-yil V. Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari 26-27-avgust 2016-yil VI. Respublika ommaviy axborot vositalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari 26-avgust 2016-yil VII. Jamoat tashkilotlarining rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining oʻrinbosarlari— kompleks rahbarlari 26-27-avgust 2016-yil VIII. Vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining xodimlari Vazirlik, idora, xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning respublika organlari rahbarlari 29 — 31-avgust 2016-yil IX. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlaridan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha mukofotlanganlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, Toshkent shahar, viloyatlar, shahar va tumanlar 29 — 31-avgust 2016-yil Hududlar boʻyicha masʼullar Toshkent shahri Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev 29-avgust 2016-yil Toshkent viloyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov 30-avgust 2016-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Zakirov 29-30-avgust 2016-yil Andijon, Samarqand viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. Rozukulov 29-30-avgust 2016-yil Buxoro, Navoiy viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. Ibragimov 29-30-avgust 2016-yil Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Karimov 29-30-avgust 2016-yil Namangan va Fargʻona viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov 29-30-avgust 2016-yil Jizzax, Sirdaryo viloyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E. Basitxanova 29-30-avgust 2016-yil
