Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (669-son)
30.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish hisobiga ijtimoiy himoya tizimini yanada isloh qilish, bandlik sohasida vositachilik xizmatlarini amalga oshirish salohiyatini oshirish va yangi integratsiyalashgan mehnat bozori axborot tizimini joriy qilish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2019-yil 19-iyulda “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — XTU) oʻrtasida 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda qaytarish muddati 30 yil boʻlgan 50 mln AQSH dollari miqdoridagi Moliyaviy bitim imzolanganligi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 11,48 mln AQSH dollariga ekvivalentni, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzidagi ulushi 6,90 mln AQSH dollariga ekvivalentni tashkil etishi;
loyihaning umumiy qiymati 61,48 mln AQSH dollariga ekvivalentni tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish muddati 2019 — 2024-yillarni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi XTU kreditidan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda — Ijro etuvchi agentlik);
loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun loyihani amalga oshirish davrida Ijro etuvchi agentlik huzurida XTU krediti hisobidan taʼminlanadigan, zimmasiga XTU talablariga muvofiq loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, kredit mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobini yuritish vazifasi yuklanadigan, xodimlari soni 5 kishidan iborat boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
XTU tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foizlar, xizmat boʻyicha hak va majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi boʻyicha asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar 1-ilovaga muvofiq;
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foizlar, xizmat uchun haq va majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlovlari toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
669-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 669-son qaroriga 1-ILOVA
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi boʻyicha asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLAR
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami* Shu jumladan XTA kredit mablagʻlari Budjet mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll(ekv) 61 476,08 50 000,00 11 476,08 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSH doll 50 000,00 50 000,00 2.1. Subkomponent 1.1. Yagona reyestrni joriy qilish va takomillashtirish ming AQSH doll 3 394,40 3 394,40 2.2. Subkomponent 1.2. Ijtimoiy nafaqalar samaradorligini oshirish ming AQSH doll 1 605,60 1 605,60 2.3. Subkomponent 2.1. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining ish bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlariga doir imkoniyatlarini kengaytirish ming AQSH doll 11 700,00 11 700,00 2.4. Subkomponent 2.2. Bandlikka koʻmaklashish boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash ming AQSH doll 18 350,00 18 350,00 2.5. Subkomponent 2.3. Tadbirkorlik koʻnikmalari boʻyicha oʻqitish ming AQSH doll 2 000,00 2 000,00 2.6. Subkomponent 2.4. Integratsiyalashgan mehnat bozori axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish ming AQSH doll 8 950,00 8 950,00 2.7. Subkomponent 3.1. Mehnat bozorida intervensiyalar monitoringini kuchaytirish ming AQSH doll 2 200,00 2 200,00 2.8. Subkomponent 3.2. Loyihani boshqarish ming AQSH doll 1 800,00 1 800,00 3. Investitsion davrdagi moliyaviy xarajatlar ming AQSH doll(ekv) 4 573,13 4 573,13 4. Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari shaklidagi ulushi ming AQSH doll(ekv) 6 902,95 6 902,95 5. Loyihani amalga oshirish davri yil 2019 — 2024 yillar 6. Kredit mablagʻlarini qaytarish muddati yil 30 Shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri yil 5
* Yakuniy xarajatlar koʻrsatkichlari tovar va xizmatlarni yetkazib berish boʻyicha tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 669-son qaroriga 2-ILOVA
“Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foizlar, xizmat uchun hak va majburiyatlar boʻyicha vositachilik haqi toʻlovlari toʻlashning
prognoz jadvali
Kredit summasi 50,0 mln. AQSH.doll Qarzni qaytarish muddati 30 yil Imtiyozli davr 5 yil Majburiyat boʻyicha vositachilik haqi stavkasi* yillik 0,50% Xizmat boʻyicha haq stavkasi** yillik 0,75% + oʻzgaruvchan bazis Foiz stavkasi*** yillik 1,25% +oʻzgaruvchan bazis Toʻlov sanasi Tanlov Kreditning oʻzlashtirilmagan qismi Asosiy qarz toʻlovlari Kredit balansi Majburiyat uchun vositachilik haqi Xizmat uchun vaqtinchalik haqi Foiz Jami (asosiy qarzni qaytarish bilan) 50 000 000,00 15.05.2020 7 940 366,67 42 059 633,33 7 940 366,67 105 149,08 59 552,75 56 376,60 221 078,44 15.11.2020 7 940 366,67 34 119 266,67 15 880 733,33 85 298,17 119 105,50 112 753,21 317 156,87 15.05.2021 7 424 633,33 26 694 633,33 23 305 366,67 66 736,58 174 790,25 165 468,10 406 994,94 15.11.2021 7 424 633,33 19 270 000,00 30 730 000,00 48 175,00 230 475,00 218 183,00 496 833,00 15.05.2022 3 499 333,33 15 770 666,67 34 229 333,33 39 426,67 256 720,00 243 028,27 539 174,93 15.11.2022 3 499 333,33 12 271 333,33 37 728 666,67 30 678,33 282 965,00 267 873,53 581 516,87 15.05.2023 3 232 666,67 9 038 666,67 40 961 333,33 22 596,67 307 210,00 290 825,47 620 632,13 15.11.2023 3 232 666,67 5 806 000,00 44 194 000,00 14 515,00 331 455,00 313 777,40 659 747,40 15.05.2024 5 806 000,00 - 50 000 000,00 375 000,00 355 000,00 730 000,00 15.11.2024 825 000,00 49 175 000,00 368 812,50 349 142,50 1 542 955,00 15.05.2025 825 000,00 48 350 000,00 362 625,00 343 285,00 1 530 910,00 15.11.2025 825 000,00 47 525 000,00 356 437,50 337 427,50 1 518 865,00 15.05.2026 825 000,00 46 700 000,00 350 250,00 331 570,00 1 506 820,00 15.11.2026 825 000,00 45 875 000,00 344 062,50 325 712,50 1 494 775,00 15.05.2027 825 000,00 45 050 000,00 337 875,00 319 855,00 1 482 730,00 15.11.2027 825 000,00 44 225 000,00 331 687,50 313 997,50 1 470 685,00 15.05.2028 825 000,00 43 400 000,00 325 500,00 308 140,00 1 458 640,00 15.11.2028 825 000,00 42 575 000,00 319 312,50 302 282,50 1 446 595,00 15.05.2029 825 000,00 41 750 000,00 313 125,00 296 425,00 1 434 550,00 15.11.2029 825 000,00 40 925 000,00 306 937,50 290 567,50 1 422 505,00 15.05.2030 825 000,00 40 100 000,00 300 750,00 284 710,00 1 410 460,00 15.11.2030 825 000,00 39 275 000,00 294 562,50 278 852,50 1 398 415,00 15.05.2031 825 000,00 38 450 000,00 288 375,00 272 995,00 1 386 370,00 15.11.2031 825 000,00 37 625 000,00 282 187,50 267 137,50 1 374 325,00 15.05.2032 825 000,00 36 800 000,00 276 000,00 261 280,00 1 362 280,00 15.11.2032 825 000,00 35 975 000,00 269 812,50 255 422,50 1 350 235,00 15.05.2033 825 000,00 35 150 000,00 263 625,00 249 565,00 1 338 190,00 15.11.2033 825 000,00 34 325 000,00 257 437,50 243 707,50 1 326 145,00 15.05.2034 825 000,00 33 500 000,00 251 250,00 237 850,00 1 314 100,00 15.11.2034 825 000,00 32 675 000,00 245 062,50 231 992,50 1 302 055,00 15.05.2035 825 000,00 31 850 000,00 238 875,00 226 135,00 1 290 010,00 15.11.2035 825 000,00 31 025 000,00 232 687,50 220 277,50 1 277 965,00 15.05.2036 825 000,00 30 200 000,00 226 500,00 214 420,00 1 265 920,00 15.11.2036 825 000,00 29 375 000,00 220 312,50 208 562,50 1 253 875,00 15.05.2037 825 000,00 28 550 000,00 214 125,00 202 705,00 1 241 830,00 15.11.2037 825 000,00 27 725 000,00 207 937,50 196 847,50 1 229 785,00 15.05.2038 825 000,00 26 900 000,00 201 750,00 190 990,00 1 217 740,00 15.11.2038 825 000,00 26 075 000,00 195 562,50 185 132,50 1 205 695,00 15.05.2039 825 000,00 25 250 000,00 189 375,00 179 275,00 1 193 650,00 15.11.2039 825 000,00 24 425 000,00 183 187,50 173 417,50 1 181 605,00 15.05.2040 825 000,00 23 600 000,00 177 000,00 167 560,00 1 169 560,00 15.11.2040 825 000,00 22 775 000,00 170 812,50 161 702,50 1 157 515,00 15.05.2041 825 000,00 21 950 000,00 164 625,00 155 845,00 1 145 470,00 15.11.2041 825 000,00 21 125 000,00 158 437,50 149 987,50 1 133 425,00 15.05.2042 825 000,00 20 300 000,00 152 250,00 144 130,00 1 121 380,00 15.11.2042 825 000,00 19 475 000,00 146 062,50 138 272,50 1 109 335,00 15.05.2043 825 000,00 18 650 000,00 139 875,00 132 415,00 1 097 290,00 15.11.2043 825 000,00 17 825 000,00 133 687,50 126 557,50 1 085 245,00 15.05.2044 825 000,00 17 000 000,00 127 500,00 120 700,00 1 073 200,00 15.11.2044 1 700 000,00 15 300 000,00 114 750,00 108 630,00 1 923 380,00 15.05.2045 1 700 000,00 13 600 000,00 102 000,00 96 560,00 1 898 560,00 15.11.2045 1 700 000,00 11 900 000,00 89 250,00 84 490,00 1 873 740,00 15.05.2046 1 700 000,00 10 200 000,00 76 500,00 72 420,00 1 848 920,00 15.11.2046 1 700 000,00 8 500 000,00 63 750,00 60 350,00 1 824 100,00 15.05.2047 1 700 000,00 6 800 000,00 51 000,00 48 280,00 1 799 280,00 15.11.2047 1 700 000,00 5 100 000,00 38 250,00 36 210,00 1 774 460,00 15.05.2048 1 700 000,00 3 400 000,00 25 500,00 24 140,00 1 749 640,00 15.11.2048 1 700 000,00 1 700 000,00 12 750,00 12 070,00 1 724 820,00 15.05.2049 1 700 000,00 1 700 000,00 Jami 50 000 000,00 50 000 000,00 412 575,50 12 637 273,50 11 963 285,58 75 013 134,58
* Toʻlov miqdori kredit boʻyicha amaldagi kredit tanlovlari sanalariga va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan beriladigan chegirmalarga muvofiq aniqlashtiriladi.
** Bazis punktlarni hisobga olgan holda hisob-kitob uchun xizmat koʻrsatishda vositachilik haqi stavkasi 1,5% miqdorda qabul qilingan.
*** Bazis punktlarni hisobga olgan holda hisob-kitob uchun foiz stavkasi 1,42% qabul qilingan.
