Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (3284-son)
02.11.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3284]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirish kiritilib, ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 20-sentabrdagi 13 q/q-son, 29-2019 q/q-son “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3186, 2019-yil 3-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-oktabr,
01-43/4102-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-oktabr,
422-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 15-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 23-oktabrdagi 01-43/4102, 422-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
MIQDORLARI
(soʻm) T/r Lavozimlarning nomi 2020 yil 1-fevraldan boshlab 1. Institut direktori fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 7 533 212 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 7 201 121 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 921 466 2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 816 596 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6467 027 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvoniga ega boʻlgan 5 942 673 3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 781 639 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 362 156 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 169 893 4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 467 027 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 169 893 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 5 715 453 5. Bosh ilmiy xodim fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 467 027 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va yoki katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan 6 082 501 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan 5 802 845 6. Yetakchi ilmiy xodim fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 5 470 755 fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan 5 121 186 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 4 666 746 7. Katta ilmiy xodim fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega boʻlgan 4 771 617 fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 4 491 962 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 4 107 436 8. Kichik ilmiy xodim fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan 4 212 306 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 3 932 651 ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) 3 652 996 9. Stajer tadqiqotchi 3 233 513
Izohlar:
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimlarning maoshi fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining oʻrinbosarlarining bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalar va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimi) mudirlarining lavozim maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirgan holda belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda, ushbu lavozimlarga ilmiy-tadqiqot boʻlimlari mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qoʻshma qarori chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-fevraldan ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining ish haqlari qayta hisoblab toʻlanadi.
Mazkur bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
