Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (1452-son)
16.02.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-fevralda 1452-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga muvofiq Davavianazorat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari ishlab chiqildi, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari* (yangi tahriri) tasdiqlansin.
*Qoidalar rus tilidagi matnda berilgan.
2. Parvoz xavfsizligi nazorati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat nozirligi boshligʻi 1999-yil 6-aprel kuni tasdiqlagan va 1999-yil 30-iyulda 786-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat roʻyxatiga olish qoidalari” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Aviatsion qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
4. Ish boshqaruvchi tomonidan devonxona bilan hamkorlikda Adliya vazirligida roʻyxatga olingan kundan boshlab oʻn kun ichida Aviatsion qoidalar koʻpaytirilib, barcha aviakompaniyalar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
5. Mazkur buyruq bajarilishi ustidan nazorat Sertifikatlash, litsenziyalash va parvoz xavfsizligi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻining zimmasiga yuklatilsin.
Davavianazorat boshligʻi X. TROBOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-yanvar,
3-son
