Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida (1450-son)
16.02.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 16-fevralda 1450-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 23-yanvardagi “Kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va qishloq xoʻjaligiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 33-sonli qaroriga muvofiq (“Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami”, 2004-yil 3-son, 33-modda) qaror qilamiz:
1. Mineral oʻgʻitlar (ammiakli selitradan tashqari), defoliantlar va boshqa kimyoviy mahsulotlarni sotish boʻyicha yarmarka savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
48-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
125-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 14-dekabr,
02-20/102-son
