Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (668-son)
30.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda korporativ sektorning bozor amaliyotlari imkoniyatini kuchaytirish, shuningdek, investitsiyalarning samaradorligini tahlil qilish, islohotlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019-yil 19-iyul kuni “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — XTU) oʻrtasida 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratish boʻyicha bitim, shuningdek, 2019-yil 13-aprelda mazkur loyiha doirasida 250,0 ming AQSh dollari miqdorida texnik koʻmak bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasining asosiy yoʻnalishlari va ularga ajratiladigan mablagʻlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
XTU qarzi Oʻzbekiston Respublikasiga davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, korporativ sektorning bozor iqtisodiyotiga asoslangan faoliyatini taʼminlash uchun sharoitlarni yaxshilash, islohotlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda loyiha boshqaruvi yoʻnalishlari uchun ajratiladi;
XTU tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, shuningdek, qarz boʻyicha foiz, xizmat koʻrsatish haqi va boshqa xarajatlarni qoplash Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Loyihaning amalga oshirilishini samarali tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning Loyiha doirasidagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga Jahon banki hamda Loyihada ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, Loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish hamda yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqi berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-oktabr,
668-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga 1-ILOVA
“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasining asosiy yoʻnalishlari va ularga ajratiladigan
mablagʻlar miqdori
Komponent nomi Koʻzda tutilgan mablagʻ (ming AQSh dollari) 1-komponent. Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish 1.1-subkomponent: Budjetni tuzish jarayonini takomillashtirish va davlat tomonidan obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlashga yoʻnaltiriladigan kapital qoʻyilmalarni samarali boshqarish boʻyicha salohiyatni oshirish 1 450,0 1.2-subkomponent: Gʻaznachilik tizimini takomillashtirish 3 370,0 1.3-subkomponent: Davlat sektorida buxgalteriya hisobini takomillashtirish 3 000,0 1.4-subkomponent: Davlat ichki nazorati va ichki audit tizimini takomillashtirish 2 180,0 2-komponent. Korporativ sektorning bozor iqtisodiyotiga asoslangan faoliyatini taʼminlash uchun sharoitlarni yaxshilash 2.1-subkomponent: Davlat korxonalariga strategik egalik qilish va ularning xususiy sektor bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini taʼminlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 2 000,0 2.2-subkomponent: Davlat korxonalarini boshqarish va nazorat qilishni takomillashtirish vositalarini ishlab chiqish va institutlarni kuchaytirish 1 500,0 2.3-subkomponent: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun maʼlumotlar bazasini yaratish 1 000,0 2.4-subkomponent: Strategik investitsiyalarni jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining institutsional salohiyatini oshirish boʻyicha loyihani tayyorlash 10 000,0 2.5-subkomponent: Davlat korxonalarini korporativ boshqarish, xususiylashtirish va Davlat-hususiy sherikchilikni isloh qilish bilan shugʻullanadigan tegishli davlat korxonalarining salohiyatini oshirish 1 000,0 2.6-subkomponent: Davlat korxonalarini isloh qilish dasturini qoʻllab-quvvatlash uchun kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishga texnik yordam berish 500,0 3-komponent. Islohotlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish 3.1-subkomponent: Iqtisodiy Kengashga texnik yordam berish 1 000,0 3.2-subkomponent: Iqtisodiyotni tartibga solish funksiyalariga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat agentliklariga texnik yordam berish 4 000,0 4-komponent. Loyiha boshqaruvi 4-komponent: Loyiha boshqaruvi bilan bogʻliq xarajatlar 2 000,0
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son qaroriga 2-ILOVA
“Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 33 mln AQSh dollari Qarz muddati 30 Yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 2,92 % Xizmat koʻrsatish haqi 0,5 % AQSh dollari
Toʻlov davri Qarz summasi Toʻlov summasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa Asosiy qarz summasi Foiz summasi Xizmat koʻrsatish haqi summasi 15.05.2020 19 800 000 96 983 96 983 15.11.2020 13 200 000 295 504 50 600 346 104 15.05.2021 19 800 000 193 791 49 775 243 566 15.11.2021 19 800 000 295 504 33 733 329 237 15.05.2022 26 400 000 290 686 33 183 323 869 15.11.2022 26 400 000 394 005 16 867 410 872 15.05.2023 33 000 000 387 581 16 592 404 173 15.11.2023 33 000 000 492 507 492 507 15.05.2024 33 000 000 487 153 487 153 15.11.2024 32 455 500 544 500 492 507 1 037 007 15.05.2025 31 911 000 544 500 476 483 1 020 983 15.11.2025 31 366 500 544 500 476 254 1 020 754 15.05.2026 30 822 000 544 500 460 495 1 004 995 15.11.2026 30 277 500 544 500 460 001 1 004 501 15.05.2027 29 733 000 544 500 444 507 989 007 15.11.2027 29 188 500 544 500 443 749 988 249 15.05.2028 28 644 000 544 500 430 887 975 387 15.11.2028 28 099 500 544 500 427 496 971 996 15.05.2029 27 555 000 544 500 412 532 957 032 15.11.2029 27 010 500 544 500 411 243 955 743 15.05.2030 26 466 000 544 500 396 544 941 044 15.11.2030 25 921 500 544 500 394 990 939 490 15.05.2031 25 377 000 544 500 380 556 925 056 15.11.2031 24 832 500 544 500 378 738 923 238 15.05.2032 24 288 000 544 500 366 583 911 083 15.11.2032 23 743 500 544 500 362 485 906 985 15.05.2033 23 199 000 544 500 348 581 893 081 15.11.2033 22 654 500 544 500 346 232 890 732 15.05.2034 22 110 000 544 500 332 593 877 093 15.11.2034 21 565 500 544 500 329 979 874 479 15.05.2035 21 021 000 544 500 316 606 861 106 15.11.2035 20 476 500 544 500 313 727 858 227 15.05.2036 19 932 000 544 500 302 279 846 779 15.11.2036 19 387 500 544 500 297 474 841 974 15.05.2037 18 843 000 544 500 284 630 829 130 15.11.2037 18 298 500 544 500 281 221 825 721 15.05.2038 17 754 000 544 500 268 642 813 142 15.11.2038 17 209 500 544 500 264 969 809 469 15.05.2039 16 665 000 544 500 252 655 797 155 15.11.2039 16 120 500 544 500 248 716 793 216 15.05.2040 15 576 000 544 500 237 974 782 474 15.11.2040 15 031 500 544 500 232 463 776 963 15.05.2041 14 487 000 544 500 220 679 765 179 15.11.2041 13 942 500 544 500 216 210 760 710 15.05.2042 13 398 000 544 500 204 691 749 191 15.11.2042 12 853 500 544 500 199 958 744 458 15.05.2043 12 309 000 544 500 188 704 733 204 15.11.2043 11 764 500 544 500 183 705 728 205 15.05.2044 11 220 000 544 500 173 670 718 170 15.11.2044 10 098 000 1 122 000 167 452 1 289 452 15.05.2045 8 976 000 1 122 000 148 250 1 270 250 15.11.2045 7 854 000 1 122 000 133 962 1 255 962 15.05.2046 6 732 000 1 122 000 115 305 1 237 305 15.11.2046 5 610 000 1 122 000 100 471 1 222 471 15.05.2047 4 488 000 1 122 000 82 361 1 204 361 15.11.2047 3 366 000 1 122 000 66 981 1 188 981 15.05.2048 2 244 000 1 122 000 49 690 1 171 690 15.11.2048 1 122 000 1 122 000 33 490 1 155 490 15.05.2049 0 1 122 000 16 472 1 138 472 Hammasi 33 000 000 17 013 575 297 733 50 311 308
