Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (660-son)
28.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Maqkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolari quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Vazirlar Maxdamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdikdash toʻgʻrisida” 2018-yil 6-yanvardagi 12-son karori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
660-son
