Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida (659-son)
28.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekisgon Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hayʼati aʼzolari tarkibi tasdiqlansin:
1. Azimov Murotjon Berdialiyevich — rais 2. Asamov Anvar Damirovich — raisning birinchi oʻrinbosari 3. Saliyev Mutalibdjon Obidjonovich — raisning oʻrinbosari 4. Rahimov Baxtiyor Abdugʻani oʻgʻli — raisning oʻrinbosari 5. Shukurov Gafurjon Xamdullayevich — raisning oʻrinbosari 6. Muxtorov Ilxom Muxtorovich — Kadrlar boshqarmasi boshligʻi 7. Kabulov Rustam Kaxramanovich — Bojxona nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi 8. Jalilov Sanjar Akbarovich — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi 9. Sharipov Baxodir Kamilovich — Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boshqarmasi boshligʻi
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona koʻmitasi hayʼagi aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 481-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-oktabr,
659-son
