Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida (O‘RQ-644-son) · Sana: 27.10.2020 · Amalda
Majburiy davolash atrofdagilarning xavfsizligi va sogʻligʻiga tahdid solayotgan yoxud jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, psixoaktiv moddalar taʼsiridan mastlik holatida maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil ichida maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda ushbu Qonunga muvofiq majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirilgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan sudning qaroriga asosan qoʻllaniladi. Bunda majburiy davolash dispanser kuzatuvi ostida (dispanser hisobida) boʻlgan va ixtiyoriy davolanishni rad etayotgan narkologik kasallikka chalingan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5069150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 25-modda. Majburiy davolashni qoʻllash uchun asoslar Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida (O‘RQ-644-son). neolex.uz/uz/laws/law-5069152/25 (lex.uz/docs/-5069150)