Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-1795-son)
02.08.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Respublika hududlarida elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, yoʻqotishlarni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisobga olishning aniqligi va toʻliqligini oshirish maqsadida:
1. “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish maqsadida 2012-yil 16-fevralda quyidagi hujjatlar imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida kredit shartnomasi;
“Oʻzbekenergo” va OTB oʻrtasidagi loyiha shartnomasi.
2. Umumiy qiymati 207,426 million AQSH dollari ekvivalentida “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish”. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 0,4 kV isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini etib quyidagilar belgilansin:
OTBning oddiy resurslari hisobidan 25 yil, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi OTB krediti;
“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining 25,226 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishidagi 32,2 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar.
3. “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari 0,4 kV isteʼmolchilarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan birgalikda ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu loyiha boʻyicha “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalari buyurtmachi etib belgilansin.
5. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida OTB kredit mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlar davlat maqsadli jamgʻarmalariga bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soligʻi, majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin.
Belgilansinki, koʻrsatilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasining mazkur loyihani amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.
Ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ushbu loyihani amalga oshirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlari hisobidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek avtotransport vositalariga nisbatan kengaytirilsin.
6. “Oʻzstandart” agentligi “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari isteʼmolchilarining 0,4 kV elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasi doirasida import qilinadigan tovarlar, asbob-uskunalar va materiallarni oʻz vaqtida sertifikatlash amalga oshirilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ soʻroviga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari belgilangan tartibda, konsullik yoki boshqa yigʻimlarsiz rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining talabiga binoan koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, vaqtinchalik propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni koʻrsatilgan loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasida davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda taʼminlasin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-avgust,
PQ-1795-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi PQ-1795-son qaroriga ILOVA
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy parametrlari “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi 0,4 kV isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi”
Eslatma.
* Yakuniy xarajat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) etkazib berish boʻyicha tenderlar va qurilish ishlarini bajarish natijalariga koʻra aniqlanadi.
