2020-2021-yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (648-son)
15.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, ichki isteʼmol bozoriga mahsulot yetkazib berilishini tizimli monitoring qilish hamda nazoratni yoʻlga qoʻyish va narx-navoning asossiz oʻsib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-2021-yillar qish va bahor mavsumida ichki bozorni asosiy turdagi mahsulotlar bilan kafolatli taʼminlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan:
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning umumiy prognozi hamda tayyorlov tashkilotlari boʻyicha prognoz hajmlari 1 va 2-ilovalarga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb qilinadigan hududiy tayyorlov tashkilotlarida zaxiraga jamgʻariladigan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining prognoz hajmlari 3-ilovaga;
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish prognoz hajmlari 4, 5 va 6-ilovalarga;
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) zaxiraga jamgʻarishning reja-jadvali 7, 7a — 7g-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish boʻyicha belgilangan hajmlarni moliyalashtirish manbalari etib:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari uchun — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻz aylanma mablagʻlari va tijorat banklarining kreditlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi muassasalari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va ushbu vazirliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari belgilansin.
3. Belgilansinki, 2020-2021-yillar qish-bahor mavsumi zaxirasi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishga va chetdan isteʼmol kartoshkasini keltirish maqsadlariga:
tijorat banklari belgilangan tartibda tayyorlov korxonalariga aylanma mablagʻlar uchun kreditlar ajratadi;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshgan qismini belgilangan tartibda kompensatsiya qilib beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kredit ajratish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda, talab etiladigan mablagʻni tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida depozitga joylashtirilishini taʼminlaydi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi joriy yilning 20-oktabriga qadar 4 turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini arzon narxlarda zaxiraga jamgʻarish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlar va ijtimoiy soha muassasalari oʻrtasida istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini hamda ushbu qaror ilovalaridagi prognoz hajmlarga muvofiq mahsulotlarni toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda gʻamlab qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Shartnoma tuzish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yil 25-oktabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot taqdim etilsin.
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi muassasalardagi ovqatlanishni jadallik bilan autsorsing tizimiga oʻtkazish boʻyicha kerakli choralarni koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanuvchi ijtimoiy soha muassasalariga 2020-2021-yilgi qish-bahor mavsumiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jamgʻarish uchun zarur mablagʻlar budjet va budjet muassasalarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobiga toʻliq ajratilishini taʼminlasin.
Bunda, ijtimoy soha muassasalari tomonidan 4 ta asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi va guruch) xarid qilishda dehqon bozorlarida shakllanadigan oʻrtacha narxlardan kelib chiqqan holda tegishli ijtimoy soha muassasasining xarid komissiyasi tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan tuzilgan shartnomalarni tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilishiga ruxsat etilsin. Ushbu shartnomalar tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtirilsin.
6. Quyidagilar:
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish va maqsadli ishlatilishini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi 8-ilovaga muvofiq;
asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi tarkibi 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Respublika ishchi guruhlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
a) asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (Gʻaniyevga):
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hududlar boʻyicha zaxiraga jamgʻarishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishini monitoring qilish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari aholi ehtiyojiga nisbatan kam yetishtiriladigan hududlar zaxirasi uchun yetishmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi ehtiyojdan ortiqcha boʻlgan hududlar hisobiga qoplash choralarini koʻrish;
mahalliy hokimliklar tomonidan zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida arzon narxlarda sifatli mahsulot yetkazib berish yuzasidan istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini samarali tashkil etilishini nazorat qilish;
zaxira tadbirlariga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan zaxira maqsadlari uchun talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tijorat banklariga buyurtmalarni taqdim etilishini va mablagʻlar ajratilishini nazorat qilish;
zaxira maqsadlari uchun omborxonalar va sovutkichli sigʻimlar yetishmayotgan hududlarga boshqa hududlardagi ortiqcha sigʻimlarni biriktirish hisobiga mavjud sigʻimlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish;
zaxira maqsadlari uchun mahsulotlarni xarid qilish, tayyorlash, saqlash va sotish bilan bogʻliq aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrish.
b) asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (Ishmetovga):
ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun zaxiraga jamgʻariladigan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida talab etiladigan mablagʻlarni muassasalarning budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini amalga oshirish;
autsorsing usulida ovqatlantirish tashkil etilgan ijtimoiy soha muassasalariga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga zaxira tadbirlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni oldindan toʻlab berilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan zaxira maqsadlari uchun rejalashtirilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
oʻn kun muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash hajmlariga mos omborxonalar va sovutish sigʻimlarini xatlovdan oʻtkazsinlar, xatlov natijalariga koʻra zaxira tadbirlari uchun belgilangan hajmlarni saqlashga ixtisoslashgan tashkilotlar roʻyxatini alohida koʻrsatgan holda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot taqdim etsinlar;
ushbu qaror ilovalaridagi prognoz hajmlarga muvofiq asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda gʻamlab qoʻyilishini taʼminlasinlar;
2021-yil 1-yanvarga qadar tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida zaxiraga jamgʻarilgan mahsulotlarni ichki isteʼmol bozoriga yetkazib berish jadvallarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Bunda mahsulotlar bir tekis taqsimlanishi hisobga olinsin.
9. Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish va ichki bozorga savdoga chiqarilishi monitoringini olib borishda shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari — tadbirlarga jalb etilgan tayyorlov tashkilotlari tomonidan joriy yilning oktabr-noyabr oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga jamgʻarish va zaxira omborlaridan ichki isteʼmol bozoriga sotuvga chiqarish hajmlari toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Maktabgacha taʼlimi vazirligi — ijtimoiy soha muassasalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini xarid qilish maqsadlari uchun moʻljallangan budjet mablagʻlari ajratilishi va oʻzlashtirilishi holati, mahsulotlarni zaxira omborlariga jamgʻarish ishlarining borishi va qish-bahor oylarida maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har 10 kunda axborot taqdim etadilar.
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hududlar boʻyicha zaxiraga jamgʻarishning belgilangan prognoz hajmlari bajarilishi prokuratura organlarining alohida nazoratidaligi inobatga olinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
joriy yilning 20-oktabridan boshlab asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish koʻrsatkichlari bajarilishi va ularni moliyalashtirish masalalari hal etilishi hamda tasdiqlanadigan tarmoq jadvallariga muvofiq savdo shoxobchalariga va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyojlari uchun samarali ishlatilishi yuzasidan monitoring olib borish tizimini joriy etsin va natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni har 10 kunda Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuraturaga kiritsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 20-oktabrga qadar ochiq tanlov asosida ichki ehtiyojni qoplash imkoniyati mavjud boʻlmagan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, guruch) qish-bahor mavsumida import qilish miqdorlarini tasdiqlab va importyor subyektlarni tanlab olsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (Gʻaniyev):
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, guruch) 2021-yilning yanvar — may oylarida ichki ehtiyojni uzluksiz qoplash maqsadida zarur miqdorlarda import qilinishini taʼminlasin;
qish-bahor mavsumida aholi ehtiyoji uchun import qilib olib kirilayotgan kartoshka va guruchni respublikaga olib kirishda Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan bir sutkadan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishni nazoratga olsin;
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda mahsulotlarni import qilishda xorijiy davlatlarning chegaralarida yuzaga kelgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻrsin.
13. Joriy yilda mahsulotlarni zaxiraga jamgʻarishda tadbirkorlik subyektlarining zarar koʻrishini hamda jamgʻarilgan mahsulotlar narxining oshib ketishini oldini olish maqsadida:
kartoshka, piyoz, sabzi va guruch mahsulotlarini tashishda yoʻl-transport hodisasi yoki saqlash jarayonida elektr energiyasidagi uzilishlar sababli mahsulotlar nobud boʻlganligi oqibatidagi zararlarni sugʻurta qilish mexanizmi orqali zararni qoplash;
qish-bahor mavsumida zaxiraga jamgʻarilgan mahsulotlarni aholi ehtiyojlariga sotishni tashkil etish uchun bozorlar va savdo komplekslarida, istisno tariqasida, begʻaraz asosda alohida rastalar hamda sotuv anjomlari vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilsin, shuningdek ushbu korxonalarga taalluqli boʻlgan yuk avtomashinalarning bozor avtoturargohlariga kirishi hamda chiqishi uchun toʻlovlar undirilmasligi joriy etilsin.
14. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Xayitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlardagi “Tomorqa xizmati” korxonalari orqali kam taʼminlangan oilalar tomonidan 61 ming gektar gʻalladan boʻshagan maydonlarda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorga sotish tizimini yoʻlga qoʻysinlar.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi 2020-2021-yillar qish-bahor mavsumida goʻsht va tuxum mahsulotlari bilan aholini uzluksiz ravishda arzon narxlarda taʼminlash choralarini koʻrsin.
Mahalliy hokimliklar ushbu maqsadda mazkur idoralarga har bir dehqon bozorida maxsus rasta ajratilishi taʼminlasin.
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mavsum davomida aholini ehtiyojlariga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlash, innovatsion va tejamkor texnologiyalarni qoʻllash orqali narxlar oshishini oldini olish choralarini koʻrsin.
16. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (Gʻaniyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq zaxiraga jamgʻarish uchun zarur hajmlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini takroriy ekin maydonlarida yetishtirilishini taʼminlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, zimmalariga ushbu qarorning 2 va 3-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilishga oʻz vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga jamgʻarish hamda ichki isteʼmol bozorga yetkazib berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi ushbu qarorning 4, 5 va 6-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha oʻz vaqtida shartnomalar tuzish va zaxiraga jamgʻarish hamda ulardan samarali va maqsadli foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga ushbu qarorning 4, 5 va 6-ilovalariga muvofiq asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish uchun ijtimoiy soha muassasalarini va ular tomonidan jalb etiladigan tayyorlov tashkilotlarini oʻz vaqtida moliyalashtirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
17. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh. Gʻaniyev va B. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
648-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 1-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning umumiy prognoz hajmlari
tonna T/r Hududlar nomi Jami mahsulot jumladan: Kartoshka Piyoz Sabzi Guruch 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 58 000 23 000 12 000 10 000 13 000 viloyatlar: 2. Andijon 69 000 35 000 15 000 13 000 6 000 3. Buxoro 42 000 22 000 9 000 7 000 4 000 4. Jizzax 27 000 16 000 6 000 3 000 2 000 5. Qashqadaryo 65 000 35 000 15 000 8 000 7 000 6. Navoiy 23 000 12 000 6 000 3 000 2 000 7. Namangan 66 000 35 000 14 000 11 000 6 000 8. Samarqand 76 000 40 000 17 000 12 000 7 000 9. Surxondaryo 43 000 22 000 11 000 6 000 4 000 10. Sirdaryo 20 000 10 000 5 000 3 000 2 000 11. Toshkent 75 000 35 000 19 000 14 000 7 000 12. Fargʻona 83 000 40 000 20 000 16 000 7 000 13. Xorazm 49 000 20 000 10 000 9 000 10 000 14. Toshkent sh. 99 000 55 000 21 000 15 000 8 000 Jami: 795 000 400 000 180 000 130 000 85 000
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 2-ILOVA
2020-2021-yillar qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning tayyorlov tashkilotlari boʻyicha prognoz hajmlari
tonna T/r Hududlar Jami mahsulotlarni saqlashning umumiy hajmi shu jumladan: Hududiy tayyorlovchi korxonalar va tashkilotlar Ijtimoiy soha obyektlari shundan: maktabgacha taʼlim muassasalari sogʻliqni saqlash muassasalari xalq taʼlimi muassasalari 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 58 000 56 786 1 214 918 236 60 viloyatlar: 2. Andijon 69 000 66 566 2 434 2 033 125 276 3. Buxoro 42 000 41 079 921 592 163 167 4. Jizzax 27 000 26 233 767 676 92 5. Qashqadaryo 65 000 63 603 1 397 641 469 288 6. Navoiy 23 000 22 409 591 395 125 71 7. Namangan 66 000 63 389 2 611 1 943 235 434 8. Samarqand 76 000 73 300 2 700 2 103 409 189 9. Surxondaryo 43 000 41 984 1 016 698 108 210 10. Sirdaryo 20 000 19 453 547 509 39 11. Toshkent 75 000 73 188 1 812 1 383 320 109 12. Fargʻona 83 000 78 220 4 780 3 678 647 455 13. Xorazm 49 000 47 849 1 152 781 163 208 14. Toshkent shahri 99 000 96 430 2 570 2 235 218 117 Jami: 795 000 770 487 24 513 18 584 3 347 2 583
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 3-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga xududiy tayyorlov tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari
tonna T/r Hududlar nomi Jami mahsulot jumladan: Kartoshka Piyoz Sabzi Guruch 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 56 786 22 338 11 785 9 769 12 894 viloyatlar: 2. Andijon 66 566 33 653 14 540 12 555 5 818 3. Buxoro 41 079 21 396 8 871 6 867 3 944 4. Jizzax 26 233 15 549 5 863 2 860 1 961 5. Qashqadaryo 63 603 34 120 14 847 7 762 6 874 6. Navoiy 22 409 11 646 5 887 2 917 1 958 7. Namangan 63 389 33 483 13 523 10 502 5 881 8. Samarqand 73 300 38 474 16 471 11 513 6 842 9. Surxondaryo 41 984 21 338 10 857 5 852 3 937 10. Sirdaryo 19 453 9 633 4 940 2 921 1 958 11. Toshkent 73 188 33 877 18 692 13 726 6 894 12. Fargʻona 78 220 37 264 19 093 15 080 6 784 13. Xorazm 47 849 19 421 9 789 8 786 9 853 14. Toshkent sh. 96 430 53 496 20 465 14 606 7 865 Jami: 770 487 385 688 175 621 125 715 83 462
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 4-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari
tonna T/r Hududlar nomi Jami mahsulot jumladan: Kartoshka Piyoz Sabzi Guruch 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 918 502 170 183 64 viloyatlar: 2. Andijon 2 033 1 087 425 395 126 3. Buxoro 592 382 95 76 39 4. Jizzax 676 383 128 131 35 5. Qashqadaryo 641 447 60 89 45 6. Navoiy 395 238 84 51 23 7. Namangan 1 943 1 110 357 397 79 8. Samarqand 2 103 1 144 447 390 122 9. Surxondaryo 698 471 95 95 37 10. Sirdaryo 509 347 54 71 37 11. Toshkent 1 383 843 263 214 62 12. Fargʻona 3 678 2 095 757 688 138 13. Xorazm 781 399 153 135 95 14. Toshkent sh. 2 235 1 299 485 346 104 Jami: 18 584 10 747 3 571 3 261 1 005
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 5-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari
tonna T/r Hududlar nomi Jami mahsulot jumladan: Kartoshka Piyoz Sabzi Guruch 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 236 126 37 36 36 viloyatlar: 2. Andijon 125 88 12 16 9 3. Buxoro 163 96 20 36 11 4. Jizzax 92 68 10 9 5 5. Qashqadaryo 469 273 25 103 68 6. Navoiy 125 76 15 19 15 7. Namangan 235 137 34 45 19 8. Samarqand 409 261 53 68 27 9. Surxondaryo 108 73 9 15 11 10. Sirdaryo 39 20 6 8 5 11. Toshkent 320 206 31 46 38 12. Fargʻona 647 400 68 125 55 13. Xorazm 163 89 23 29 21 14. Toshkent sh. 218 129 33 31 25 Jami: 3 347 2 041 376 586 344
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 6-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga Xalq taʼlimi muassasalari tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish hajmlari
tonna T/r Hududlar nomi Jami mahsulot jumladan: Kartoshka Piyoz Sabzi Guruch 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 60 34 9 11 6 viloyatlar: 2. Andijon 276 173 23 35 46 3. Buxoro 167 126 14 21 6 4. Jizzax 0 0 0 0 0 5. Qashqadaryo 288 160 69 46 14 6. Navoiy 71 40 14 13 4 7. Namangan 434 271 86 56 21 8. Samarqand 189 121 29 29 9 9. Surxondaryo 210 118 39 38 15 10. Sirdaryo 0 0 0 0 0 11. Toshkent 109 74 15 14 7 12. Fargʻona 455 242 82 107 24 13. Xorazm 208 91 36 50 31 14. Toshkent sh. 117 77 17 17 6 Jami: 2 583 1 524 432 437 190
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 7-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning
REJA-JADVALI
tonna T/r Mahsulotlar nomi Jami zaxira xajmi Jumladan: Oktabr oyi jami shu jumladan: Noyabr oyi jami shu jumladan: Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami 15 dan 20 gacha 21 dan 31 gacha 1 dan 10 gacha 11 dan 20 gacha 21 dan 30 gacha 1. Kartoshka 400 000 60 000 60 000 260 000 91 000 88 400 80 600 80 000 2. Piyoz 180 000 108 000 56 160 51 840 54 000 18 900 18 360 16 740 18 000 3. Sabzi 130 000 13 000 6 760 6 240 91 000 31 850 30 940 28 210 26 000 4. Guruch 85 000 8 500 4 420 4 080 51 000 17 850 17 340 15 810 25 500 Jami: 795 000 189 500 67 340 122 160 456 000 159 600 155 040 141 360 149 500
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 7a-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga KARTOSHKA mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning
REJA-JADVALI
tonna T/r Hududlar Jami zaxira xajmi Jumladan: Oktabr oyining 20 dan 30 gacha jami Noyabr oyi jami shu jumladan: Dekabr oyining 1 dan 10 gachajami 1 dan 10 gacha 11 dan 20 gacha 21 dan 30 gacha 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 23 000 3 450 14 950 5 233 5 083 4 635 4 600 viloyatlar: 2. Andijon 35 000 5 250 22 750 7 963 7 735 7 053 7 000 3. Buxoro 22 000 3 300 14 300 5 005 4 862 4 433 4 400 4. Jizzax 16 000 2 400 10 400 3 640 3 536 3 224 3 200 5. Qashqadaryo 35 000 5 250 22 750 7 963 7 735 7 053 7 000 6. Navoiy 12 000 1 800 7 800 2 730 2 652 2 418 2 400 7. Namangan 35 000 5 250 22 750 7 963 7 735 7 053 7 000 8. Samarqand 40 000 6 000 26 000 9 100 8 840 8 060 8 000 9. Surxondaryo 22 000 3 300 14 300 5 005 4 862 4 433 4 400 10. Sirdaryo 10 000 1 500 6 500 2 275 2 210 2 015 2 000 11. Toshkent 35 000 5 250 22 750 7 963 7 735 7 053 7 000 12. Fargʻona 40 000 6 000 26 000 9 100 8 840 8 060 8 000 13. Xorazm 20 000 3 000 13 000 4 550 4 420 4 030 4 000 14. Toshkent shahri 55 000 8 250 35 750 12 513 12 155 11 083 11 000 Jami: 400 000 60 000 260 000 91 000 88 400 80 600 80 000
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 7b-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga PIYOZ mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning
REJA-JADVALI
tonna T/r Hududlar Jami zaxira xajmi Oktabr oyi jami shu jumladan: Noyabr oyi jami shu jumladan: Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami 15 dan 20 gacha 21 dan 31 gacha 1 dan 10 gacha 11 dan 20gacha 21 dan 30 gacha 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 12 000 7 200 3 744 3 456 3 600 1 260 1 224 1 116 1 200 viloyatlar: 2. Andijon 15 000 9 000 4 680 4 320 4 500 1 575 1 530 1 395 1 500 3. Buxoro 9 000 5 400 2 808 2 592 2 700 945 918 837 900 4. Jizzax 6 000 3 600 1 872 1 728 1 800 630 612 558 600 5. Qashqadaryo 15 000 9 000 4 680 4 320 4 500 1 575 1 530 1 395 1 500 6. Navoiy 6 000 3 600 1 872 1 728 1 800 630 612 558 600 7. Namangan 14 000 8 400 4 368 4 032 4 200 1 470 1 428 1 302 1 400 8. Samarqand 17 000 10 200 5 304 4 896 5 100 1 785 1 734 1 581 1 700 9. Surxondaryo 11 000 6 600 3 432 3 168 3 300 1 155 1 122 1 023 1 100 10. Sirdaryo 5 000 3 000 1 560 1 440 1 500 525 510 465 500 11. Toshkent 19 000 11 400 5 928 5 472 5 700 1 995 1 938 1 767 1 900 12. Fargʻona 20 000 12 000 6 240 5 760 6 000 2 100 2 040 1 860 2 000 13. Xorazm 10 000 6 000 3 120 2 880 3 000 1 050 1 020 930 1 000 14. Toshkent shahri 21 000 12 600 6 552 6 048 6 300 2 205 2 142 1 953 2 100 Jami: 180 000 108 000 56 160 51 840 54 000 18 900 18 360 16 740 18 000
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 7v-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga SABZI mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning
REJA-JADVALI
tonna T/r Hududlar Jami zaxira xajmi Jumladan: Oktabr oyi jami shu jumladan: Noyabr oyi jami shu jumladan: Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami 15 dan 20gacha 21 dan 31gacha 1 dan 10 gacha 11 dan 20 gacha 21 dan 30 gacha 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 10 000 1 000 520 480 7 000 2 450 2 380 2 170 2 000 viloyatlar: 2. Andijon 13 000 1 300 676 624 9 100 3 185 3 094 2 821 2 600 3. Buxoro 7 000 700 364 336 4 900 1 715 1 666 1 519 1 400 4. Jizzax 3 000 300 156 144 2 100 735 714 651 600 5. Qashqadaryo 8 000 800 416 384 5 600 1 960 1 904 1 736 1 600 6. Navoiy 3 000 300 156 144 2 100 735 714 651 600 7. Namangan 11 000 1 100 572 528 7 700 2 695 2 618 2 387 2 200 8. Samarqand 12 000 1 200 624 576 8 400 2 940 2 856 2 604 2 400 9. Surxondaryo 6 000 600 312 288 4 200 1 470 1 428 1 302 1 200 10. Sirdaryo 3 000 300 156 144 2 100 735 714 651 600 11. Toshkent 14 000 1 400 728 672 9 800 3 430 3 332 3 038 2 800 12. Fargʻona 16 000 1 600 832 768 11 200 3 920 3 808 3 472 3 200 13. Xorazm 9 000 900 468 432 6 300 2 205 2 142 1 953 1 800 14. Toshkent shahri 15 000 1 500 780 720 10 500 3 675 3 570 3 255 3 000 Jami: 130 000 13 000 6 760 6 240 91 000 31 850 30 940 28 210 26 000
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 7g-ILOVA
2020-2021-yil qish va bahor mavsumiga GURUCH mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarishning
REJA-JADVALI
tonna T/r Hududlar Jami zaxira xajmi Jumladan: Oktabr oyi jami shu jumladan: Noyabr oyi jami shu jumladan: Dekabr oyining 1 dan 10 gacha jami 15 dan 20 gacha 21 dan 31 gacha 1 dan 10 gacha 11 dan 20 gacha 21 dan 30 gacha 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 13 000 1 300 676 624 7 800 2 730 2 652 2 418 3 900 viloyatlar: 2. Andijon 6 000 600 312 288 3 600 1 260 1 224 1 116 1 800 3. Buxoro 4 000 400 208 192 2 400 840 816 744 1 200 4. Jizzax 2 000 200 104 96 1 200 420 408 372 600 5. Qashqadaryo 7 000 700 364 336 4 200 1 470 1 428 1 302 2 100 6. Navoiy 2 000 200 104 96 1 200 420 408 372 600 7. Namangan 6 000 600 312 288 3 600 1 260 1 224 1 116 1 800 8. Samarqand 7 000 700 364 336 4 200 1 470 1 428 1 302 2 100 9. Surxondaryo 4 000 400 208 192 2 400 840 816 744 1 200 10. Sirdaryo 2 000 200 104 96 1 200 420 408 372 600 11. Toshkent 7 000 700 364 336 4 200 1 470 1 428 1 302 2 100 12. Fargʻona 7 000 700 364 336 4 200 1 470 1 428 1 302 2 100 13. Xorazm 10 000 1 000 520 480 6 000 2 100 2 040 1 860 3 000 14. Toshkent shahri 8 000 800 416 384 4 800 1 680 1 632 1 488 2 400 Jami: 85 000 8 500 4 420 4 080 51 000 17 850 17 340 15 810 25 500
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 8-ILOVA
Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish va maqsadli ishlatishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika
ISHCHI GURUHI
1. Gʻaniyev Sh.M. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, respublika ishchi guruhi rahbari 2. Xodjayev J.A. — Qishloq xoʻjaligi vaziri 3. Ishmetov T.A. — Moliya vaziri 4. Ortiqov A.J. — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari 5. Kudbiyev Sh.D. — Davlat soliq qoʻmitasi raisi 6. Vaxabov A.J. — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi rahbari 7. Shodmonov A.Q. — Sogʻliqni saqlash vaziri 8. Shermatov Sh.Sh. — Xalq taʼlimi vaziri 9. Shin A.V. — Maktabgacha taʼlim vaziri 10. Lavozim boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari 11. Eshniyozov J.U. — Vazirlar Mahkamasi apparatining bosh mutaxassisi, respublika ishchi guruhi kotibi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-oktabrdagi 648-sonli qaroriga 9-ILOVA
Asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira maqsadlariga xarid qilishni moliyalashtirish masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika
ISHCHI GURUHI
1. Ishmetov T.A. — Oʻzbekiston Respublikasi — Moliya vaziri, respublika ishchi guruhi rahbari 2. Shodmonov A.Q. — Sogʻliqni saqlash vaziri 3. Shermatov Sh.Sh. — Xalq taʼlimi vaziri 4. Shin A.V. — Maktabgacha taʼlim vaziri 5. Xolxoʻjayev S.M. — Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari 6. Ismailov U. — Tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash Davlat jamgʻarmasi rahbari 6. Lavozim boʻyicha — Tijorat banki rahbarlari 7. Lavozim boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari
