Sogʻliqni saqlash xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida (75-son)
02.03.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sogʻliqni saqlash xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yil 1-martdan boshlab mehnat sharoitlari salomatlik uchun xavfli va alohida ogʻir boʻlgan sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari sxemadagi lavozim maoshlari stavkalarining 15 foizidan 30 foizigacha miqdorlarda oshirilsin; shuningdek sogʻliqni saqlash xodimlarining lavozim maoshlariga hozir amalda boʻlgan belgilab qoʻyilgan summalar oʻrniga 1 va 2-ilovalarga muvofiq ish haqiga foiz nisbatida boshqa qoʻshimcha haqlarning yangi miqdorlari belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mehnat sharoitlari salomatlik uchun xavfli va alohida ogʻir boʻlganligi uchun ularda ishlash lavozim maoshlari oshirilishi huquqini beruvchi muassasalar, boʻlimlar va lavozimlar roʻyxatini qoʻshimcha haqlarning tegishli miqdorlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Tasarrufida sogʻliqni saqlash muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar oshirilgan ish haqi va qoʻshimcha haqlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi koʻrsatilib oʻtilgan maqsadlar uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 2-mart,
75-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 75-son qaroriga 1-ILOVA
Xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari oshiriladigan sogʻliqni saqlash muassasalari (boʻlimlari)
roʻyxati
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 75-son qaroriga 2-ILOVA
Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlarining sxemasidagi lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq
miqdorlari
Sxemadagi lavozim maoshlari oshirilishi quyidagicha belgilanadi:
1. Sogʻliqni saqlash muassasalarining tarkibiy boʻlinmalariga mudirlik qilganligi uchun vrachlarga vrachlarning sonini hisobga olgan holda:
vrachlik lavozimi 6 tagacha boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
vrachlik lavozimi 6 tadan ortiq boʻlganda — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
kabinet mudiri boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
2. Feldsherlik-akusherlik punktlari mudirlari boʻlgan feldsherlar, akusherlar va tibbiyot hamshiralariga — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
3. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari boʻlgan vrachlarga:
oliy malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
birinchi malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
ikkinchi malaka toifasi boʻlgan vrachlarga — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
4. Sogʻliqni saqlash muassasalarining oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari boʻlgan rahbarlariga hamda bosh hamshiralarga:
oliy malaka toifasi boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
birinchi malaka toifasi boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
ikkinchi malaka toifasi boʻlganlargi — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
5. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari boʻlgan vrachlarga, nomlanishidan qatʼiy nazar, vrachlik va provizorlik lavozimlarini egallab turgan hamda ilmiy unvoni boʻlgan vrachlar va provizorlarga:
tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy unvoni boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
tibbiyot va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy unvoni boʻlganlarga — eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida;
6. Sogʻliqni saqlash muassasalarida konsultatsiya oʻtkazgan vrachlar mehnatiga soatbay haq toʻlash quyidagicha belgilanadi:
professor, tibbiyot fanlari doktoriga — lavozim maoshining 3 foizi miqdorida;
dotsent va tibbiyot fanlari nomzodiga — lavozim maoshining 2 foizi miqdorida;
ilmiy unvoni boʻlmagan vrachlarga — lavozim maoshining 1 foizi miqdorida.
