K.D. Ushinskiy nomidagi oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutini xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga aylantirish toʻgʻrisida (169-son)
06.04.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻqituvchilarni qayta tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining K.D. Ushinskiy nomidagi oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutini Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga aylantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga oʻzbek shoiri, olim va maʼrifatparvar A. Avloniy nomi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-aprel,
169-son
