Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2987-2-son)
16.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2987-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-son “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 35-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987, 2018-yil 29-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 10/18/2972/0710-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ichki ishlar vaziri P.R. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
260-son
Oʻzbekistan Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 17-sentabrdagi 260-son buyrugʻigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻztkazish boʻyicha metodikalarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 91-band va 93-bandning birinchi xatboshisidagi “maʼnaviyat asoslari va milliy istiklol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” degan suzlar “tarbiya” degan suz bilan almashtirilsin.
2. 103-bandning beshinchi xatboshisidagi “maʼnaviyat asoslari va milliy istiklol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari” degan suzlar “tarbiya fani” degan suzlar bilan almashtirilsin.
