Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-martdagi 108-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (468-son)
12.10.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Chet el diplomatik vakolatxonalarini joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga berish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-martdagi 108-son qaroriga 1 va 3-ilovalardan Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 42-uydagi p/ya-Yu-9942 Texnika xizmati koʻrsatish markazi va Chilonzor koʻchasi, 6-uydagi “Oʻzsuzdrenaj” tresti binolari chiqarib tashlansin.
2. Muqimiy koʻchasi, 43-uydagi Toshkent hisoblash texnikasi va axborot korxonasining binosi “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” balansiga oʻtkazilsin, Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 42-uydagi obyekt qurilishida oʻzlashtirilgan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar respublika budjetiga kompensatsiya qilinsin.
3. Toshkent hisoblash texnikasi va axborot ijara korxonasini joylashtirish uchun unga Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 42-uyda qurilayotgan “Texnika xizmati koʻrsatish markazi” obyekti haq olmasdan jamoa mulki qilib berilsin.
Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qoʻmitasi Toshkent hisoblash texnikasi va axborot korxonasiga Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 42-uydagi obyektga jamoa mulki huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar bersin.
4. Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar prokuraturasini joylashtirish uchun Chilonzor koʻchasi, 6-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi balansiga oʻtkazish, uning Gogol, koʻchasi, 1-uydagi boʻshatiladigan binosiga esa respublika Prokuraturasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida uyushgan jinoyatchilikka, talon-torojga hamda suiisteʼmolchiliklarga qarshi kurash Boshqarmasini joylashtirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 12-oktabr,
468-son
