“Oʻzbekneftgaz” MXKning geologik qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik uskunalarni sotib olish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2564-son)
20.07.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
[Koʻchirma]
Geologiya-qidiruv ishlarini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish hamda uglevodorod xomashyosi zaxiralari koʻpayishini taʼminlash maqsadida:
1. “Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar xarid qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
umumiy qiymati 145,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilgan;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari, texnika va texnologiyalar loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspert baholash agentligi tomonidan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizadan oʻtkazildi;
tanlov savdolari yakunlari boʻyicha qiymati 138,98 mln. AQSH dollari boʻlgan 117 dona geofizik va burgʻulash uskunalarini yetkazib berish boʻyicha import shartnomalari tuzildi, shuningdek ular belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazildi.
2. Quyidagilar “Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish” loyihasini amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
“Oʻzbekneftgaz” MXKning 79,2 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan yillik 2,5 foizli stavka bilan, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning yillik 0,5 foizli marjasini hisobga olgan holda beriladigan 66,0 mln AQSH dollari miqdoridagi krediti.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekneftgaz” MXKning geologiya-qidiruv ishlari uchun asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarga ega boʻlgan yuqori texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditidan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan investitsiya loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
asosiy qarzni qaytarish, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekneftgaz” MXKning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari G'.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-iyul,
2564-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2564-son qaroriga 1-ILOVA
Investitsiya loyihasi
ASOSIY TEXNIKA-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-iyuldagi PQ-2564-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB orqali qayta moliyalashtiriladigan kreditini qaytarishning prognoz jadvali
