9-modda. Obyektlar va xizmatlarning qulayligi prinsipi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son) · Sana: 15.10.2020 · Amalda
Obyektlar va xizmatlarning qulayligi nogironligi boʻlgan shaxslarning binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan, shuningdek boshqa obyektlardan va aholiga koʻrsatiladigan xizmatlardan oʻzga fuqarolar bilan teng ravishda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Shaharlarni, boshqa aholi punktlarini rejalashtirishga va qurishga, turar joy va rekreatsiya zonalarini shakllantirishga, yangi qurilish uchun moʻljallangan loyiha yechimlarini ishlab chiqishga, binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini rekonstruksiya qilishga, shuningdek umumiy foydalanishdagi transport vositalarini, axborotni hamda aloqa vositalarini ishlab chiqishga va ishlab chiqarishga mazkur obyektlarni nogironligi boʻlgan shaxslarning ulardan moneliksiz foydalanishi uchun moslashtirmasdan yoʻl qoʻyilmaydi.
