4-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son) · Sana: 15.10.2020 · Amalda
Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish;
nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik;
insonning huquq va erkinliklarini amalga oshirishdagi imkoniyatlar tengligi;
nogironligi boʻlgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va oʻz individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilish;
obyektlar va xizmatlarning qulayligi;
nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat va davlatning hayotiga jalb etish.
