Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4863-son)
15.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan sarimsoqpiyoz yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) hamda uning masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamiyatlar) tashkil etilganligi;
hududiy jamiyatlar Uyushmaning muassislari hisoblanishi;
Uyushma faoliyatini moliyalashtirish manbalari aʼzolik badallari, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun ajratilgan davlat grantlari hamda xalqaro moliya institutlari grantlari hisoblanishi;
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida Sarimsoqpiyoz yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etilganligi, 400 gektar maydonda klaster usulida aholi xonadonlarini biriktirish orqali sarimsoqpiyoz yetishtirish yoʻlga qoʻyilganligi;
Uyushmaga mahsulot yetishtiruvchilarga agronomik tavsiyalar berishda, eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilishda koʻmaklashish, ularning malakasini oshirish vazifalari yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2021-2022-yillar hosili uchun avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini turlari boʻyicha yetishtirish hajmi toʻgʻrisidagi takliflari 1 — 3-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
3. Belgilansinki:
Uyushmaga tashqi va ichki bozor talablaridan kelib chiqib, har yili 1-iyunga qadar avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga takliflar kiritish huquqi beriladi;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari Uyushma taklifiga muvofiq paxta va gʻalla maydonlaridan qisqartirilgan, foydalanishga kiritiladigan, zaxiradagi yerlar, shuningdek, takroriy ekin sifatida gʻalladan boʻshaydigan va boshqa yer maydonlariga joylashtiriladi;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratiladigan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Uyushma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish boʻyicha xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalarni tijorat banklariga taqdim etadi.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda sarimsoqpiyoz yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun 7 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida 1 yillik muddatga Buloqboshi tumani hokimligi va Uyushma kafilligi asosida teng ulushlarda ssuda sifatida ajratilishini taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Buloqboshi tumanida joriy etilgan tajribani keng tatbiq etish choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining dehqon xoʻjaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari (keyingi oʻrinlarda — Kengash raisining oʻrinbosari)ga:
Uyushma faoliyatini amalga oshirishga, qayta ishlash korxonalari, eksport qiluvchilar va mahsulot yetishtiruvchilarga har tomonlama koʻmaklashish;
avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli resurslari va grantlarini, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini jalb etish;
kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan klaster va eksport qiluvchi tashkilotlar mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirilishini taʼminlash;
mahsulot yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun har yili iyun-iyul oylarida oʻquv-seminarlarni tashkil qilish;
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish va eksport qilish borasidagi ishlarni tashkillashtirish vazifalari yuklatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga ikki hafta muddatda:
mavjud vazifalar taqsimotini va shtat birliklarini qayta koʻrib chiqib, Kengash raisining oʻrinbosariga markaziy apparat, hududiy boshqarma va tuman boʻlimlaridan tegishli tuzilmalarni biriktirish;
Kengash raisining oʻrinbosari taklifiga koʻra, xoʻjalik hisobidan qoʻshimcha shtat birliklari olinishini taʼminlash tavsiya etilsin.
7. Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bir oy muddatda:
xorijiy davlatlar fitosanitariya talablaridan kelib chiqib, sarimsoqpiyozning eksportbop navlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash borasida tavsiyalar ishlab chiqsin hamda amaliy yordam berish uchun karantin inspektorlarini tumanlar miqyosida mahsulot yetishtiruvchilarga biriktirsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Eksport qiluvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Uyushma bilan birgalikda mahsulotning eng maqbul davlatlarga qulay vaqtlarda eksport qilinishini taʼminlash, yangi eksport bozorlarini ochish choralarini koʻrsin.
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ilmiy-texnik loyihalarning grant tanlovlari asosida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Belgilab qoʻyilsinki, grant tanlovlarida avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarining yangi, eksportbop navlarini yaratish, onalik urugʻ va koʻchatzorlarni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
ikki hafta muddatda Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan birgalikda hududlarning tuproq-iqlim sharoiti oʻziga xosligidan kelib chiqib, avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari navlarini joylashtirish va yetishtirish agrotexnikasi boʻyicha tavsiyaviy qoʻllanma ishlab chiqib, joylarga yetkazsin;
bir oy muddatda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin;
Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini suv bilan taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrsin;
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Uyushma bilan birgalikda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarining hududlar tuproq-iqlim sharoitlariga mos, shoʻrga va suvsizlikka chidamli navlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilishini taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Uyushmaga mahsulotni saqlash, eksport qilishda koʻmaklashsin.
10. Uyushmaga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Uyushmaning qisqa muddatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi, uning tashkiliy tuzilmasi, nizomi va hududiy jamiyatlarning namunaviy tuzilmasini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Uyushma Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shaharchasidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
11. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda sarimsoqpiyoz va sabzavot ekinlarining eksportbop navlarini yetishtirish, ularni eksport qilish, xorijiy davlatlar fitosanitariya talablarini tushuntirishga oid maxsus koʻrsatuvlar tashkil etish va muntazam namoyish etib borish tavsiya etilsin.
12. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 15-oktabr,
PQ-4863-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qaroriga 1-ILOVA
Respublikada barcha toifa xoʻjaliklarida 2021-2022-yillarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi
HISOB-KITOB
tonna T/r Hududlar nomi Jami yetishtiriladigan yalpi hosil, tonna Shu jumladan, turlari boʻyicha yetishtirish piyoz sarimsoqpiyoz sabzi osh lavlagi koʻkatlar karam 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 78 414 79 247 66 423 67 023 11 991 12 224 2. Andijon viloyati 356 537 367 651 157 401 160 195 40 548 43 498 21 933 23 281 65 284 66 715 54 980 56 952 16 391 17 011 3. Buxoro viloyati 110 223 113 577 72 648 73 812 16 658 17 440 7 940 8 218 1 526 1 526 6 797 7 581 4 654 5 000 4. Jizzax viloyati 98 068 103 942 48 094 49 519 8 180 8 486 18 397 20 829 2 029 3 129 12 605 12 936 8 763 9 044 5. Qashqadaryo viloyati 363 483 384 293 146 248 152 620 25 871 27 605 108 963 115 400 2 691 2 921 57 126 62 748 22 585 22 999 6. Navoiy viloyati 138 974 142 828 72 013 73 804 17 777 18 035 18 662 19 681 30 523 31 308 7. Namangan viloyati 378 141 408 191 128 005 141 711 42 594 45 091 54 651 60 622 31 979 36 009 68 274 69 959 52 638 54 799 8. Samarqand viloyati 353 347 374 638 150 185 164 666 31 809 33 262 45 395 47 392 8 380 8 632 96 552 99 259 21 026 21 426 9. Surxondaryo viloyati 813 230 870 943 302 908 315 757 21 765 22 521 107 161 121 433 29 647 29 881 180 088 192 684 171 662 188 667 10. Sirdaryo viloyati 86 479 90 475 53 347 55 051 13 005 13 588 3 156 3 340 14 804 15 420 2 167 3 076 11. Toshkent viloyati 484 542 501 357 184 055 190 231 33 881 35 794 60 135 62 860 19 865 20 088 150 125 153 387 36 481 38 997 12. Fargʻona viloyati 687 556 753 619 337 344 392 629 92 517 96 378 81 949 84 466 25 275 26 650 84 251 86 266 66 220 67 230 13. Xorazm viloyati 66 293 70 018 56 842 60 221 9 451 9 797 Jami 4 015 285 4 260 779 1 775 513 1 897 239 366 046 383 718 528 342 567 522 186 674 195 552 756 123 788 499 402 587 428 250
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qaroriga 2-ILOVA
Respublikada fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalarida 2021-2022-yillarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi
HISOB-KITOB
tonna T/r Hududlar nomi Jami yetishtiriladigan yalpi hosil, tonna Shu jumladan, turlari boʻyicha yetishtirish piyoz sarimsoqpiyoz sabzi osh lavlagi koʻkatlar karam 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 11 400 11 513 9 600 9 600 1 800 1 913 2. Andijon viloyati 118 542 124 931 74 217 76 100 16 784 18 717 2 186 2 186 6 852 7 812 18 503 20 115 3. Buxoro viloyati 13 312 14 041 10 702 11 214 2 609 2 827 4. Jizzax viloyati 41 310 45 330 26 516 26 991 3 095 3 246 8 761 10 992 2 029 3 129 765 797 145 176 5. Qashqadaryo viloyati 110 379 119 664 36 591 42 370 10 656 11 548 29 430 31 203 2 691 2 921 22 940 23 107 8 073 8 516 6. Navoiy viloyati 48 594 49 302 46 645 47 236 927 989 283 302 740 775 7. Namangan viloyati 248 627 268 822 104 769 116 080 15 063 16 075 40 764 44 124 21 547 23 991 29 687 30 216 36 796 38 335 8. Samarqand viloyati 88 404 92 408 38 422 39 820 4 372 4 708 10 277 11 063 8 380 8 632 22 446 23 619 4 507 4 565 9. Surxondaryo viloyati 365 299 380 243 161 532 162 969 5 486 5 738 34 309 39 188 3 657 3 864 58 356 59 064 101 957 109 419 10. Sirdaryo viloyati 38 795 39 994 28 898 29 864 603 652 3 156 3 340 6 138 6 138 11. Toshkent viloyati 250 002 253 329 102 985 104 161 10 863 11 762 42 247 42 635 19 865 20 088 48 491 48 667 25 552 26 015 12. Fargʻona viloyati 377 473 429 138 227 255 271 524 26 471 27 486 47 596 49 976 23 480 24 848 36 473 38 296 16 198 17 008 13. Xorazm viloyati 16 416 18 210 14 463 16 143 1 953 2 068 Jami 1 728 553 1 846 924 882 596 954 071 100 683 107 728 219 008 235 010 88 500 95 286 244 539 250 794 193 227 204 035
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qaroriga 3-ILOVA
Respublikada dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa maydonlarida 2021-2022-yillarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz va toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi
HISOB-KITOB
tonna T/r Hududlar nomi Jami yetishtiriladigan yalpi hosil, tonna Shu jumladan, turlari boʻyicha yetishtirish piyoz sarimsoqpiyoz sabzi osh lavlagi koʻkatlar karam 2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022-yil 2021 yil 2022-yil 2021 yil 2022-yil 2021 yil 2022-yil 2021 yil 2022-yil 2021 yil 2022-yil 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 67 014 67 735 56 823 57 423 10 191 10 312 2. Andijon viloyati 237 994 242 720 83 184 84 095 23 764 24 781 19 747 21 095 58 432 58 903 36 477 36 837 16 391 17 011 3. Buxoro viloyati 96 911 99 536 61 946 62 598 14 049 14 613 7 940 8 218 1 526 1 526 6 797 7 581 4 654 5 000 4. Jizzax viloyati 56 757 58 612 21 578 22 528 5 085 5 240 9 637 9 837 11 840 12 140 8 618 8 868 5. Qashqadaryo viloyati 253 104 264 628 109 657 110 250 15 215 16 058 79 534 84 197 34 186 39 641 14 513 14 483 6. Navoiy viloyati 90 380 93 526 25 368 26 568 16 850 17 046 18 379 19 379 29 783 30 533 7. Namangan viloyati 129 514 139 368 23 236 25 630 27 531 29 016 13 887 16 497 10 432 12 018 38 586 39 743 15 842 16 464 8. Samarqand viloyati 264 943 282 230 111 763 124 847 27 437 28 554 35 118 36 329 74 106 75 639 16 519 16 861 9. Surxondaryo viloyati 447 931 490 701 141 376 152 788 16 278 16 783 72 851 82 245 25 990 26 017 121 732 133 620 69 704 79 248 10. Sirdaryo viloyati 47 684 50 481 24 449 25 188 12 402 12 936 8 666 9 282 2 167 3 076 11. Toshkent viloyati 234 539 248 028 81 070 86 070 23 018 24 031 17 889 20 225 101 634 104 720 10 928 12 982 12. Fargʻona viloyati 310 083 324 481 110 089 121 105 66 045 68 892 34 353 34 491 1 795 1 802 47 778 47 969 50 022 50 222 13. Xorazm viloyati 49 877 51 808 42 379 44 079 7 498 7 729 Jami 2 286 732 2 413 855 892 917 943 168 265 363 275 989 309 334 332 512 98 174 100 266 511 585 537 705 209 360 224 215
