“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (639-son)
09.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi PQ-4553-son va “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qarorlariga muvofiq hamda zamonaviy energiya tejamkor bugʻ-gaz qurilmalarini qurish hisobiga respublikaning elektr energetika tizimida generatsiya quvvatlarini koʻpaytirish, tizimining ishonchliligini va xavfsizligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17 — 20-dekabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish uchun 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 30 yil muddatga, konsalting xizmatlari uchun yillik 0,01 foiz va bugʻ-gaz qurilmasini qurish uchun yillik 0,5 foiz stavkalarda, 128 246,0 million yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolanganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentabrdagi ““Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 549-son qaroriga muvofiq:
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangandan soʻng boshlanishi;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ investitsiya loyihasining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ajratgan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul tashabbuskor etib belgilangligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning asbob-uskunalarni, materiallarni sotib olish va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning konsalting xizmatlari uchun ajratilgan qarzini qaytarish prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Investitsiya loyihasi doirasida:
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ajratgan qarzlarni qaytarish, foiz hamda vositachilik va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlarni toʻlash “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ rejalashtirilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi hamda 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2024-yil dekabr oyida ishga tushirilishini taʼminlash boʻyicha masʼulliklari belgilansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-oktabr,
639-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 639-son qaroriga 1-ILOVA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy
PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomlari Oʻlchov birligi Jami Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: “Navoiy IES” AJning oʻz mablagʻlari JICA qarzi shu jumladan: Oʻzbekiston Respublikasining hissasi I-tarkibiy qism II-tarkibiy qism 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. ekv. 786709,6 136157,0 632079,2 606168,9 25910,3 18473,4 2. Jami kapital qoʻyilmalar miqdori,* shu jumladan: ming AQSh doll. ekv. 768236,2 136157,0 632079,2 606168,9 25910,3 - 2.1. mashina va uskunalar: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 544135,1 495261,5 48 873,6 33482,3 - 33482,3 510652,8 495261,5 15391,3 510652,8 495261,5 15391,3 - - - - - - 2.2. qurilish-montaj ishlari: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 120164,7 37842,3 82 322,4 82 322,4 - 82 322,4 37842,3 37842,3 - 37842,3 37842,3 - - - - - - - 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar:** chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll.ekv 9597,8 6566,9 3030,8 5219,8 2189,0 3030,8 4378,0 4378,0 - 4373,9 4373,9 - 4,1 4,1 - - - - 2.4. birlamchi aylanma kapitali: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 53300,0 53300,0 - - - - 53300,0 53300,0 - 53300,0 53300,0 - - - - - - - 2.5. boshqa xarajatlar: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll.ekv 41038,6 32824,5 8214,1 15132,4 6918,3 8214,1 25906,2 25906,2 - - - - 25906,2 25906,2 - - - - 3. Soliq va bojxona toʻlovlari: chet el valyutasida milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 18473,4 - 18 473,4 - - - - - - - - - - - - 18 473,4 - 18 473,4 4. Korxona quvvati 650 MVt ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi: elektr energiya issiqlik energiya ming kVt.soat Gkal 4786040 931,4 5. Yangi yaratiladigan ish oʻrinlarining soni kishi 347 6. Loyihaning qoplanish muddati yil 19,7 7. Investitsiya davrining davomiyligi oy 36 8. Yaratiladigan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ming AQSh doll.ekv. 707140,9
Izoh:
* Kapital qoʻyilmalar soliq va bojxona toʻlovlarini hisobga olmagan holda koʻrsatilgan. Kapital qoʻyilmalarning uskunalar, montaj ishlari va boshqa xarajatlar qiymatini qoʻshgan holda yakuniy qiymatlari tender savdolari natijalari va shartnomalar imzolangandan soʻng aniqlashtiriladi.
** Moliyaviy xarajatlar qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 639-son qaroriga 2-ILOVA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning asbob-uskunalarni, materiallarni sotib olish va qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun ajratiladigan qarz mablagʻlarini qaytarish
PROGNOZ JADVALI
Jami qarz miqdori — 606,17 mln AQSh dollari Qarzni qaytarish muddati — 30 yil (imtiyozli davr — 10 yil) Qarz boʻyicha foiz stavkasi * — 0,5 foiz Qarzni tashkil etish yigʻimi — 0,2 foiz (bir martalik toʻlovi) Moliya vazirligi marjasi — 0,25 foiz
(ming AQSh dollari)
Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar Foizlar boʻyicha toʻlovlar Bir martalik vositachilik toʻlovi Moliya vazirligining marjasi Jami toʻlovlar miqdori * 20.06.2022 - 154,11 1 203,60 77,05 1 434,76 20.12.2022 - 368,23 - 184,11 552,34 20.06.2023 - 597,47 - 298,73 896,20 20.12.2023 - 834,91 - 417,46 1 252,37 20.06.2024 - 1 068,92 - 534,46 1 603,38 20.12.2024 - 1 350,25 - 675,12 2 025,38 20.06.2025 - 1 532,26 - 766,13 2 298,39 20.12.2025 - 1 540,68 - 770,34 2 311,02 20.06.2026 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.12.2026 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.06.2027 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.12.2027 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.06.2028 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.12.2028 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.06.2029 - 1 515,40 - 757,73 2 273,10 20.12.2029 14 784,61 1 515,40 - 757,73 17 057,71 20.06.2030 14 784,61 1 478,46 - 739,23 17 002,30 20.12.2030 14 784,61 1 441,50 - 720,75 16 946,86 20.06.2031 14 784,61 1 404,54 - 702,27 16 891,42 20.12.2031 14 784,61 1 367,58 - 683,78 16 835,98 20.06.2032 14 784,61 1 330,61 - 665,31 16 780,53 20.12.2032 14 784,61 1 293,65 - 646,83 16 735,09 20.06.2033 14 784,61 1 256,69 - 628,35 16 669,65 20.12.2033 14 784,61 1 219,73 - 609,87 16 614,21 20.06.2034 14 784,61 1 182,77 - 591,38 16 558,77 20.12.2034 14 784,61 1 145,81 - 572,90 16 503,33 20.06.2035 14 784,61 1 108,85 - 554,42 16 447,89 20.12.2035 14 784,61 1 071,88 - 535,95 16 392,43 20.06.2036 14 784,61 1 034,92 - 517,46 16 336,99 20.12.2036 14 784,61 997,96 - 498,98 16 281,55 20.06.2037 14 784,61 961,00 - 480,50 16 226,11 20.12.2037 14 784,61 924,04 - 462,02 16 170,67 20.06.2038 14 784,61 887,08 - 443,53 16 115,23 20.12.2038 14 784,61 850,11 - 425,06 16 059,78 20.06.2039 14 784,61 813,15 - 406,58 16 004,34 20.12.2039 14 784,61 776,19 - 388,10 15 948,90 20.06.2040 14 784,61 739,23 - 369,62 15 893,46 20.12.2040 14 784,61 702,27 - 351,13 15 838,02 20.06.2041 14 784,61 665,31 - 332,65 15 782,58 20.12.2041 14 784,61 628,35 - 314,17 15 727,14 20.06.2042 14 784,61 591,38 - 295,70 15 671,68 20.12.2042 14 784,61 554,42 - 277,21 15 616,24 20.06.2043 14 784,61 517,46 - 258,73 15 560,80 20.12.2043 14 784,61 480,50 - 240,25 15 505,36 20.06.2044 14 784,61 443,54 - 221,77 15 449,92 20.12.2044 14 784,61 406,58 - 203,29 15 394,48 20.06.2045 14 784,61 369,62 - 184,80 15 339,04 20.12.2045 14 784,61 332,65 - 166,33 15 283,59 20.06.2046 14 784,61 295,69 - 147,85 15 228,15 20.12.2046 14 784,61 258,73 - 129,37 15 172,71 20.06.2047 14 784,61 221,77 - 110,88 15 117,27 20.12.2047 14 784,61 184,81 - 92,40 15 061,83 20.06.2048 14 784,61 147,85 - 73,93 15 006,39 20.12.2048 14 784,61 110,88 - 55,45 14 950,93 20.06.2049 14 784,61 73,92 - 36,96 14 895,49 20.12.2049 14 784,61 36,96 - 18,48 14 840,05 Jami: 606 169,01 49 878,47 1 203,60 24 939,47 682 200,41
Izoh:
* Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va qarzni olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 639-son qaroriga 3-ILOVA
“Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning konsalting xizmatlari uchun ajratilgan qarzini qaytarish
PROGNOZ JADVALI
Jami qarz miqdori — 25,91 mln AQSh dollari Qarzni qaytarish muddati — 30 yil (imtiyozli davr — 10 yil) Qarz boʻyicha foiz stavkasi * — 0,01 foiz Qarzni tashkil etish yigʻimi — 0,2 foiz (bir martalik toʻlovi) Moliya vazirligi marjasi — 0,005 foiz
(ming AQSh dollari)
Toʻlov sanasi Asosiy qarz boʻyicha toʻlovlar Foizlar boʻyicha toʻlovlar Bir martalik vositachilik toʻlovi Moliya vazirligi marjasi Jami toʻlovlar miqdori * 20.06.2020 - 0,15 51,81 0,07 52,03 20.12.2022 - 0,35 - 0,17 0,52 20.06.2023 - 0,56 - 0,28 0,84 20.12.2023 - 0,79 - 0,39 1,18 20.06.2024 - 1,01 - 0,50 1,51 20.12.2024 - 1,23 - 0,61 1,84 20.06.2025 - 1,31 - 0,65 1,96 20.12.2025 - 1,32 - 0,66 1,98 20.06.2026 - 1,30 - 0,64 1,94 20.12.2026 - 1,30 - 0,64 1,94 20.06.2027 - 1,30 - 0,64 1,94 20.12.2027 - 1,30 - 0,64 1,94 20.06.2028 - 1,30 - 0,64 1,94 20.12.2028 - 1,30 - 0,64 1,94 20.06.2029 - 1,30 - 0,64 1,94 20.12.2029 631,96 1,30 - 0,64 633,90 20.06.2030 631,96 1,26 - 0,64 633,86 20.12.2030 631,96 1,23 - 0,62 633,81 20.06.2031 631,96 1,20 - 0,60 633,76 20.12.2031 631,96 1,17 - 0,58 633,71 20.06.2032 631,96 1,14 - 0,57 633,67 20.12.2032 631,96 1,11 - 0,55 633,62 20.06.2033 631,96 1,07 - 0,54 633,57 20.12.2033 631,96 1,04 - 0,52 633,52 20.06.2034 631,96 1,01 - 0,51 633,48 20.12.2034 631,96 0,98 - 0,49 633,43 20.06.2035 631,96 0,95 - 0,47 633,38 20.12.2035 631,96 0,92 - 0,45 633,33 20.06.2036 631,96 0,88 - 0,45 633,29 20.12.2036 631,96 0,85 - 0,43 633,24 20.06.2037 631,96 0,82 - 0,41 633,19 20.12.2037 631,96 0,79 - 0,39 633,14 20.06.2038 631,96 0,76 - 0,38 633,10 20.12.2038 631,96 0,73 - 0,36 633,05 20.06.2039 631,96 0,70 - 0,34 633,00 20.12.2039 631,96 0,66 - 0,34 632,96 20.06.2040 631,96 0,63 - 0,32 632,91 20.12.2040 631,96 0,60 - 0,30 632,86 20.06.2041 631,96 0,57 - 0,28 632,81 20.12.2041 631,96 0,54 - 0,27 632,77 20.06.2042 631,96 0,51 - 0,25 632,72 20.12.2042 631,96 0,47 - 0,24 632,67 20.06.2043 631,96 0,44 - 0,22 632,62 20.12.2043 631,96 0,41 - 0,21 632,58 20.06.2044 631,96 0,38 - 0,19 632,53 20.12.2044 631,96 0,35 - 0,17 632,48 20.06.2045 631,96 0,32 - 0,15 632,43 20.12.2045 631,96 0,28 - 0,15 632,39 20.06.2046 631,96 0,25 - 0,13 632,34 20.12.2046 631,96 0,22 - 0,11 632,29 20.06.2047 631,96 0,19 - 0,09 632,24 20.12.2047 631,96 0,16 - 0,08 632,20 20.06.2048 631,96 0,13 - 0,06 632,15 20.12.2048 631,96 0,09 - 0,05 632,10 20.06.2049 631,96 0,06 - 0,03 632,05 20.12.2049 631,95 0,03 - 0,02 632,00 Jami: 25 910,35 43,02 51,80 21,41 26 026,53
Izoh:
* Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va varzni olish sanasidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
