Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2467-3-son)
12.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2467-3]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 5-apreldagi 2013-7, 01-02/19-22 va 7/4-son qarori (roʻyxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 24-son, 319-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh.D.KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-sentabr,
2020-34-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-avgust,
01-02/15-42-son
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-sentabr,
20/1-son
Kelishildi:
Raisning birinchi oʻrinbosari I.K. Djasimov
Toshkent sh.,
2020-yil 21-avgust,
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarishi kurashish Departamenti boshligʻi D.F. Raximov
Toshkent sh.,
2020-yil 22-avgust,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J.O. Urunov
Toshkent sh.,
2020-yil 21-avgust,
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov
Toshkent sh.,
2020-yil 23-avgust,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 6-sentabrdagi 2020-34-son, Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 29-avgustdagi 01-02/15-42-son va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 5-sentabrdagi 20/1-son qarorigaILOVA
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi, Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-avgustdagi 355-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish va pul mablagʻlarining xorijga asossiz oʻtkazilishi alomatlarini aniqlash tartibini belgilaydi.”.
2. 1-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tijorat banklarining filiallari mijozlar tomonidan amalga oshirilgan quyida koʻrsatilgan har qanday alomatga ega boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni tegishliligi boʻyicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga, shuningdek bosh tijorat bankiga taqdim etadi:”;
“a” kichik band “roʻyxatdan oʻtgan” degan soʻzlardan keyin “norezidentlar foydasiga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“b” kichik banddagi “mazkur Nizomning 2-ilovasidagi” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 2a-ilovasidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “10 ming AQSh dollaridan” degan soʻzlar “yuz million soʻmdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 2-bandda:
birinchi xatboshidagi “yil boshidan oʻsib borish tartibida” degan soʻzlar “har hisobot oyi uchun alohida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Vakolatli banklarning” degan soʻzlar “Tijorat banklarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bosh tijorat banklari oʻzlarining filiallaridan kelib tushgan maʼlumotlarni umumlashtiradi va har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar, aloqa kanallari orqali yigʻma maʼlumotlarni elektron koʻrinishda mazkur Nizomning 2 — 4-ilovalariga muvofiq shakllarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har hisobot oyi uchun alohida joʻnatadilar.”.
5. 4-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Davlat bojxona xizmati organlarining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tegishliligi boʻyicha hududiy davlat soliq boshqarmalariga yoki Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga quyidagi faktlar aniqlangan taqdirda maʼlumotni mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga muvofiq shakllarda (shu jumladan, aloqa kanallari orqali elektron koʻrinishda) taqdim etadilar:
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganda (tasdiqlovchi hujjatlar hamda xulosa ilova qilingan holda);”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. 5-banddagi “mazkur Nizomning 5 — 7-ilovalariga” degan soʻzlar “mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Davlat soliq xizmati organlari tijorat banklari va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan maʼlumotni elektron axborot bazalaridagi hamda soliq organlarida mavjud boshqa maʼlumotlar asosida monitoring qiladi.
Monitoring jarayonida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi buzilganlik holatlari aniqlanganda, xoʻjalik yurituvchi subyektga valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarni va axborotlarni taqdim etish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilgan soʻrovnoma yuboriladi.
Soʻrovnoma elektron hujjat tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Yuborilgan hujjat oʻqib chiqilgandan keyin, lekin ushbu soʻrovnoma joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar xoʻjalik yurituvchi subyektning shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va u joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soʻrovnomada koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va axborotlar soliq organiga soʻrovnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida taqdim etilishi lozim.
Toʻliq boʻlmagan hujjatlar yoki axborotlar taqdim etilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi tomonidan mazkur bandning uchinchi — beshinchi xatboshilarida belgilangan tartibda qoʻshimcha axborot va hujjatlarni taqdim etish yuzasidan soʻrovnoma yuboriladi.
Davlat soliq xizmati organlari monitoring natijasida mablagʻlarning xorijga asossiz oʻtkazilishi yoki tovarlar qiymatini bojxona rasmiylashtiruvida asossiz ravishda oshirilishi (kamaytirilishi) holatlari bilan bogʻliq shubhali operatsiyalarni aniqlagan taqdirda tijorat banklari va boshqa davlat organlaridan ushbu operatsiyalarga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Monitoringni amalga oshirish jarayonida huquqiy taʼsir choralari qoʻllanilmaydi va xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati toʻxtatilmaydi.
7. Monitoring natijalari boʻyicha huquqbuzarlik faktlari sodir etilganligi tasdiqlanganda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻriladi yoki qonun hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻrish uchun materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
Monitoring natijalari boʻyicha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari bu haqda uch kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yozma xabar beradi.”.
8. 8-banddagi “vakolatli banklarning” degan soʻzlar “tijorat banklarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 1 va 2-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 2a-ilova bilan toʻldirilsin.
11. 3 — 5-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4 — 6-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
12. 7-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga1-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1-ILOVA
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar)
ROʻYXATI
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga2-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2-ILOVA
Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda maʼlumotlarni oshkor etish va berishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududlarda (offshor hududlarda) roʻyxatdan oʻtgan norezidentlar foydasiga, shuningdek norezidentlarning offshor hududlarda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida20___ yil __ ________ holatiga
MAʼLUMOT
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga3-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga2a-ILOVA
Rezidentlar tomonidan eksport-import shartnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari va yetkazib berish yoki toʻlov muddatlariga rioya qilmaganliklari uchun kontragent-norezidentlarga jarima toʻlanishi boʻyicha20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
jadvalning davomi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga4-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga3-ILOVA
Import shartnomalari boʻyicha ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish, royalti boʻyicha toʻlovlar, shuningdek chet el taʼsischilariga dividendlarni oʻtkazib berish yoki foydani repatriatsiya qilish yuzasidan toʻlov amalga oshirilishi boʻyicha 20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
jadvalning davomi
jadvalning davomi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga5-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga4-ILOVA
Jismoniy shaxslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisida20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
jadvalning davomi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga6-ILOVA
“Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga5-ILOVA
Bojxonada rasmiylashtirish jarayonida tovarning faktura qiymatini asossiz yuqoriroq (pastroq) koʻrsatish faktlari boʻyicha20__ yil ___ ________ holatiga
MAʼLUMOT
jadvalning davomi
jadvalning davomi
